O`zbekiston yoshlar ittifoqi

Andijon davlat tibbiyot instituti

boshlang`ich tashkiloti

O'ZBEKISTON YOSHLAR ITTIFOQI ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI BOSHLANG'ICH TASHKILOTI MATBUOT HIZMATI XABARNOMASI

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda yoshlarni vatanparvarlik, milliy an'ana va qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, ma'naviy yetuk va jismonan sog'lom, barkamol avlodni voyaga yetkazish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida muayyan ishlar amalga oshirildi. Yoshlarga oid davlat siyosatini izchil va samarali amalga oshirish, yoshlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish mamlakatimiz hayotining muhim masalasiga aylandi. 2017-yil 30-iyun kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar bilan bo'lib o'tgan ochiq muloqotida O'zbekiston Yoshlar ittifoqini tashkil etish taklifi berilgan edi va bu taklif barcha ishtirokchilar tomonidan qo'llab-quvvatlandi. Shu munosabat bilan O'zbekiston Yoshlar ittifoqi tashkil topgan kun 30 iyun sanasi mamlakatimizda "Yoshlar kuni" etib e'lon qilindi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti devonida Yoshlar siyosati masalalari xizmati tashkil etilib, unga O'zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar masalari bo'yicha Davlat maslahatchisi-O'zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi raisi rahbarlik qilmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Yoshlar siyosati masalalari xizmatiga O'zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar masalari bo'yicha Davlat maslahatchisi-O'zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi raisi o'z lavozimiga ko'ra O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadigan O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining a'zosi hisoblanadi. O'zbekiston Yoshlar ittifoqining Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar kengashlari raislari tegishligi bo'yicha Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar hokimlarining yoshlar siyosati masalalari bo'yicha maslahatchisi hisoblanadi, OTMda boshlang'ich tashkilot yetakchilari yoshlar masalalari bo'yicha rektor o'rinbosari, fakultet yetakchilari esa yoshlar masalalari bo'yicha dekan o'rinbosari hisoblanib, maqomi bo'yicha ularning birinchi o'rinbosarlariga tenglashtiriladi. O'zbekiston yoshlar ittifoqi tizimida 3 yil va undan ko'p muddat davomida faol ishlab kelayotgan xodimlarga uy-joy sotib olish uchun ipoteka kreditining boshlang'ich to'lovi, shuningdek, tashkilotning faol a'zosi bo'lgan oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat va magistratura bosqichlari talabalariga o'rtacha o'zlashtirish ko'rsatkichi 86 foiz va undan yuqori bo'lgan taqdirda ta'lim bo'yicha to'lov kontrakti miqdorining 35 foizi O'zbekiston yoshlar ittifoqining jamg'armasi mablag'lari hisobidan to'lanadi.


Quronboev Qahramon Qo`chqarovich

O`zbekiston yoshlar ittifoqi
Markaziy kengashi raisi

Yusupov Nodir Komilovich

O`zbekiston yoshlar ittifoqi
Andijon davlat tibbiyot instituti
boshlang`ich tashkiloti yetakchisi

Abdulazizxojiyev Boburbek Rasuljon o`g`li

O`zbekiston yoshlar ittifoqi
Andijon davlat tibbiyot instituti boshlang`ich tashkiloti davolash fakulteti yetakchisi


Qo`chqarov Humoyun Ismoiljon o`g`li

O`zbekiston yoshlar ittifoqi
Andijon davlat tibbiyot instituti
pediatriya fakulteti yetakchisi

Sapioxunov Shoxruxbek O`ktamjon o`g`li

O`zbekiston yoshlar ittifoqi
Andijon davlat tibbiyot instituti
stomatologiya fakulteti yetakchisi

Ro`ziyev Normuhammad