Yangiliklar

YОSНLAR VA  ILMIY IZLANISНLAR, HAMKORLIK  ALOQALARI

0 views News Comments: 5

Bosma uchun
ADTI hamda  Toshkent axborot texnologiyalari universiteti  o‘rtasida bir necha yildirki  ilmiy-amaliy ishlar bo‘yicha  o‘zaro hamkorlik o‘rnatilgan. Hamkorlik natijasida  bitta amaliy grant  yutug‘i  qo‘lga kiritilib, loyiha asosida rejali ishlar amalga oshirilib kelmoqda. Har ikki oliygoh professor– o‘qituvchilarining  birgalikda  amalga oshirayotgan ilmiy-amaliy hamkorligi institut ilmiy salohiyatini  oshirish va moddiy – texnika bazasini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

ADTI ilmiy kengashlar zalida o‘tkazilgan   «Yoshlar ilmiy  ishlarni tashkil  etish va ilmiy loyihalarni tayyorlash va bajarishda  respublika va chet el tajribasi» mavzusidagi tadbir mazkur hamkorlik masalalariga bag‘ishlandi. Tadbirni institut ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori G‘.Hojimatov ochdi. Tadbirda TATU axborot texnologiyalari  kafedrasi mudiri, texnika fanlari doktori,  professor H.Zaynobiddinov  ma’ruza qilib, ilmiy  izlanishlar: Janubiy Koreya  va boshqa chet mamlakatlar tajribasi haqida  batafsil  so‘zlab berdi. Tadbirda ishtirok etgan ADTI professor-o‘qituvchilari, yosh olim va izlanuvchilar  o‘zlarining  qiziqtirgan savollari bilan murojaat qildilar.