“Актуальные проблемы современной челюстно-лицевой хирургии” mavzusida xalqaro online konferensiya.

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

Andijon davlat tibbiyot instituti ilmiy kengashlar zalida Toshkent davlat stomatologiya instituti, Andijon davlat tibbiyot instituti va Rossiya davlatining nufuzli tibbiyot oliy ta’lim muassasalari ishtirokida “Актуальные проблемы современной челюстно-лицевой хирургии” mavzusida xalqaro online konferensiya bo’lib o’tdi. Ushbu xalqaro online konferensiyada “Jarrohlik stomatologiya” kafedrasi va vrachlar malakasini oshirish kafedralari professor-o’qituvchilari, stomatologiya fakulteti 3- va 4-bosqich talabalari ishtirok etdilar.

Konferensiya doirasida yuz-jag xirurgiyasining dolzarb muammolari bo’yicha online videoma’ruzalar bulib o’tdi. Jumladan, Qozon davlat tibbiyot universiteti “Xirurgik stomatologiya va yuz-jag xirurgiyasi” kafedrasi mudiri, t.f.d. professor Ksembaev S.S. tomonidan “Состояние и перспективы использования сорбционно-аппликационной терапии и зубочелюстного тренинга в клинике челюстно-лицевой хирургии и детской стоматологической практике” mavzusida,

Akademik Pavlov nomidagi birinchi Sankt Peterburg universiteti  “Xirurgik stomatologiya va yuz-jag xirurgiyasi” kafedrasi dotsenti O.Yu.Petropavlovskaya tomonidan “Современная идеология лечения инфекционных воспалительных заболеваний челюстно-лицевой области” mavzusida, Andijon davlat tibbiyot instituti “Jarrohlik stomatologiya” kafedrasi mudiri Teshboev M.G. tomonidan “ Оптимизация хирургического лечения с ожогами в области лица и шеи”mavzusida, Toshkent davlat stomatologiya instituti eksperimental biofizika laboratoriyasi mudiri, dotsent Xramova N.V. tomonidan “Клеточные технологии для оптимизации заживления кожных ран” kabi mavzularda ma’ruzalar va prezentasiyalar namoyish etildi.

Har bir ma’ruzada yuz-jag jarrohligi soxasining eng dolzarb masalalari muhokamasi va yuz-jag sohasi kasalliklarini diagnostikasi va davolashda zamonaviy, innovasion yondashuv bo’yicha muhim ma’lumotlar berildi.

Konferensiya tashkilotchilari tomonidan shunday online konferensiyalarni davomiy ravishda o’tkazishga kelishildi.

93