Muxbir Xurshid Daliyevning telegram sahifasidagi ma’lumotga raddiya

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

Muxbir o‘zining telegram kanalida Andijon davlat tibbiyot instituti Talabalar turar joyida (TTJ) katta kurslarga joy berilmayotganligi to‘g‘risidagi murojaatni yoritgan. Bunga javoban shuni ma’lum qilamizki, Andijon davlat tibbiyot institutida 4695 nafar talaba tahsil oladi. TTJda esa 510 o‘rin mavjud. Talabalarning aksariyati boshqa viloyatlardan kelgan. TTJga bo‘lgan extiyoj yuqori.

ADTI   TTJ Nizomiga ko‘ra turar joy bilan birinchi navbatda nogironligi bor, boquvchisini yo‘qotgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalar ta’minlanadilar. SHundan so‘ng Respublikamizning olis va yaqin viloyatlaridan  kelgan talabalarning 1-, 2-bosqichda o‘qiyotganlariga joy beriladi.

2019-2020  o‘quv yilida 1-bosqichga 600 nafardan ortiq boshqa viloyatlardan kelgan talabalar qabul qilindilar. Orttirilgan shartnoma bo‘yicha boshqa davlatlardan o‘qishini ko‘chirib kelganlar orasidan TTJ ga muhtojlarga joy berish maqsadida, 12 nafar nizomga rioya qilmasdan TTJga joylashib olgan yuqori bosqich talabalarini ijaraga chiqarish masalasi ko‘tarilgan edi. Lekin, bugungacha hech qaysi talaba TTJdan majburiy ravishda chiqarilgan emas.

Hindistonlik talabalar masalasiga kelsak, ular uchun Vrachlar malakasini oshirish fakuklteti yotoqxonasidan alohida joy ajratilgan.

Institut ma’muriyati

319