alexa
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

АDTI VА SАNK-PETERBURG DAVLAT PEDIАTRIYA TIBBIYOT UNIVERSITETI HАMKORLIGI YANАDА MUSTАHKАMLАNDI

14:43 08.07.2021

Rossiyaning Sank-Peterburg davlat pediatriya tibbiyot universitetida Аndijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov bilan hamkorlik uchrashuvi boʼlib oʼtdi. Unda har ikki oliy oʼquv yurtida oʼqish jarayonidagi yangiliklar, amalga oshirilajak ishlar, yangi oʼquv yiliga tayyorgarlik jarayonlari, mustahkam hamkorlik borasida fikr almashildi. Shuningdek, uchrashuv davomida “Davolash ishi” yoʼnalishi boʼyicha qoʼshma taʼlim dasturini ochish masalasi ham koʼrib chiqildi. Oliy o’quv yurtlari rahbarlari kelgusidagi konferensiya va anjumanlarda ishtirok etish, tajriba almashish borasida kelishib oldilar.