Аndijon davlat tibbiyot instituti ishchi guruhi Jalaquduq tumanida

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

Islohotlar samaradorligini taʼminlash, oʼqituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish, taʼlim sifati nazoratini kuchaytirish hamda tarbiya sohasida zamonaviy uslublarni qoʼllash ishlarini tashkillashtirish maqsadida Аndijon davlat tibbiyot instituti ishchi guruhi tomonidan Jalaquduq tumani XTB majlislar zalida tumandagi 51 ta umumtaʼlim maktablari va 4 ta DIMIlar direktorlari bilan uchrashuv oʼtkazildi.

Uchrashuvda pediatriya fakulteti dekani А.Gʼafurov va dekan muovinlari ishtirok etdi. Ishchi gurux tumandagi umumtaʼlim maktablaridagi taʼlim-tarbiya borasida olib borilayotgan ishlar oʼrganildi.

Tashrif jarayonida Oʼzbekiston Respublikasi davlat tilining 30 yilligiga bagʼishlangan “Tilimiz gʼururimiz” mavzusidagi tadbir va davra suxbatida ishtrok etildi.

Ishchi guruh aʼzolari tomonidan seminar trening oʼtkazildi. Seminarning asosiy maqsadi oʼquvchilarning kasbga yoʼnaltirish boʼyicha ijtimoiy psixologik treyninglar tashkil qilindi va amaliy mashgʼulotlar oʼtkazildi.

422