alexa
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

IMKONIYATDAN FOYDALANIB CHET TILLARINI MUKAMMAL OʻRGANING

09:53 11.05.2021

Maʼlumki, 2021-yil 6-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida chet tillarni ommaviy oʻrganish masalalariga bagʻishlab oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishi ijrosini amalga oshirish tadbirlari boshlab yuborilgan. Shu jumladan, instiutimizda ham talabalar va professor-oʻqituvchilarning chet tillarini bilish salohiyatlarini yanada yuksaltirish maqsadida bir qator imkoniyatlar yaratilmoqda. Ayni vaqtda Oʻquv va ilmiy yo’nalishlarda faoliyat olib borayotgan IELTS sertifikatiga ega bo’lgan oʻqituvchi va talabalar orasida xorijda magistratura, tayanch doktorantura yoʻnalishlarida oʻqishni hamda malaka oshirishni istaganlar roʻyhati shakllantirilmoqda. Ularning yoʻl haqi va oʻqish xarajatlari istitut tomonidan qoplab beriladi. Shuningdek, oʻqishni bitirib qaytganlaridan soʻng institutda 3 yildan 5 yilgacha muddat davomida ishlash imkoniyati ham yaratiladi.