(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“STOMАTOLOGIYADА INNOVАTSION TEXNOLOGIYALАR” MАVZUSIDА АNJUMАN OʼTKАZILDI

15:38 29.04.2021

Ilmiy kengashlar zalida Stomatologiya fakulteti Gospital va klinik stomatologiya kafedrasi tomonidan “Stomatologiyada innovatsion texnologiyalar” mavzusida anjuman oʼtkazildi. Unda Stomatolgiya fakulteti dekani dotsent D. Tulanov, Gospital va klinik stomatologiya kafedrasi mudiri v.v.b. B. Usmonov, kafedra katta oʼqituvchisi I. Ismoilov, kafedra oʼqituvchilari va talabalar ishtirok etdilar. Аnjuman 2 qism: seminar-trening va mahorat darslaridan iborat boʼlib, darslarni Toshkent shahridan kelgan moderinatorlar F. Usmonov, D. Neʼmatov, Z. Toshmatov, H. Normurodov olib bordilar. Dastavval “Ortopedik stomatologiyada charxlar asoslari”, “Biomemetika. Zamonaviy stomatologiyada adgeziv texnologiyalar”, “Stomatologiyada dental foto asoslari”, “Stomatologiyada kofferdam asoslari” mavzularidagi maʼruzalar tinglandi.

Shuningdek. Gospital va klinik stomatologiya kafedrasining klinik bazasi boʼlgan Аndijon viloyat stomatologiya poliklinikasidagi oʼquv xonalarida 5-bosqich talabalari uchun moderinatorlar tomonidan “Stomatologiyada innovatsion texnologiyalar” boʼyicha mahorat darslari ham oʼtildi.”Tishlarni turli qoplamalarga charxlash usullari”, “Ogʼiz ichi va ogʼiz tashqari sohasini rasmga olish usullari”, “Modelda 4-5-avlod adgeziya turini qoʼllash” , “Ishchi maydonni kofferdam yordamida izolyatsiya qilish” mavzularidagi mahorat darslari talabalarda katta qiziqish uygʼotdi. Oʼtkazilgan anjuman talabalar va tadbir ishtirokchilari bugungi kunda stomatologiya sohasidagi dolzarb masalalar boʼyicha fikr-mulohazalari bilan oʼrtoqlashdilar.