alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

АDTI KLINIKАSIDА XАLQАRO HАMSHIRАLАR KUNI NISHONLANDI

20:41 12.05.2021

Bemorlarga birinchi tez tibbiy yordam koʼrsata oladigan, shirinsoʼz va mehribon hamshiralarning xizmatlari eʼtirofga loyiq albatta. Har yili 12-may Xalqaro hamshiralar kuni sifatida butun dunyoda, shu jumladan yurtimizda ham munosib nishonlanib kelinadi. Аndijon davlat tibbiyot institutining klinikasida ham sana munosabati bilan bayram tashkil etildi. Unda АDTI klinikasining barcha xodimlari ishtirok etdilar.

Tadbir avvalida soʼz olgan klinika bosh shifokori B. Rahmonov muassasaning barcha hamshira-xodimalarini ayyom bilan tabriklab, ularning tibbiyot sohasidagi beqiyos oʼrni, bugungi kunda oʼrta tibbiyot xodimlariga alohida eʼtibor qaratilayotganini taʼkidladi.

Tadbir davomida iqtidorli talabalar tomonidan tayyorlangan bayram dasturi namoyish etildi. Hazil-mutoyibaga boy chiqishlar, betakror qoʼshiq va raqslar barchaga xushkayfiyat baxsh etdi.

Tadbir yakunida klinikada samarali faoliyat olib borayotgan bir qator hamshiralar esdalik sovgʼalari va pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!