alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

AHOLINI RO’YHATGA OLISH

12:55 03.06.2022

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi PF-5655-son Farmoniga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasida aholini roʻyxatga olish 2022-yilda oʻtkazilishi belgilangan edi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yilning 11-noyabr kuni qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori bilan, pandemiya sababli mamlakatda aholini roʻyxatga olish muddati 2023-yilga uzaytirildi.

Ushbu amaliyot mustaqillik yillarida respublikamizda ilk bor oʻtkazilayotganini inobatga olib, uni tashkil etishga puxta tayyorgarlik koʻrish maqsadida 2020-yil 11-noyabrda Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 710-qarori qabul qilindi. Unga koʻra, mamlakatimizda aholini roʻyxatga olish 2023-yil 1—25-noyabr kunlari amalga oshiriladi.

Mamlakatimizda mustaqillik yillarida hali biror marta aholini roʻyxatga olish oʻtkazilmagan. Ushbu tadbir soʻnggi bor sobiq ittifoq davrida 1989 yilda oʻtkazilgan. Bu borada davlatimiz rahbarining 2019-yil 5 -fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasida aholini roʻyxatga olishni oʻtkazish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi farmoni huquqiy asos boʻlib xizmat qiladi.

Maʼlumki, BMTning 2015-yil 10-iyundagi “2020-yilda aholi va uy-joy fondini roʻyxatga olish borasidagi prinsiplar va tavsiyalar” rezolyutsiyasi qabul qilingan va unga asosan, BMTga aʼzo davlatlar har oʻn yilda kamida bir marta aholini roʻyxatga olishni oʻtkazishi belgilab qoʻyilgan. Bugungi kunda BMT dunyo mamlakatlarini har 10 yilda kamida bir marotaba oʻz aholisini roʻyxatga olishga daʼvat etadi. Shu vajdan, aksariyat mamlakatlarda aholini roʻyxatga olish tadbiri har 10 yilda bir marotaba oʻtkaziladi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2021-yilda sinov tariqasida aholini roʻyxatga olish Dasturiga koʻra, 2021-yilning 1—25-noyabr kunlari Andijon viloyatining Xoʻjaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanlarida sinov tariqasida aholini roʻyxatga olish ishlari amalga oshirildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!