alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasi maslahat poliklinika boʻlimi oʻrindosh vrach oftalmologi vazifasida ishlagan Zarina Qurbonovaning ijtimoiy tarmoqlardagi murojaatiga Andijon davlat tibbiyot instituti axborot xizmatining rasmiy munosabati.

10:09 18.08.2022

Qurbonova Zarina Ravshanovna – maslahat poliklinika boʻlimiga 18.05.2020-yilda 84-“k” sonli buyruq bilan 0,5 stavka oʻrindosh vrach oftalmolog vazifasiga ishga qabul qilingan. Uning asosiy ish joyi Andijon davlat tibbiyot instituti oftalmologiya kafedrasi boʻlib, 19.11.2015-yildan buyon kafedrada 1,0 stavkada assistent vazifasida ishlab kelgan.

Joriy yilning 15-iyul kuni maslahat poliklinikasi boʻlim mudiri S.Kutlikov va oftalmologiya boʻlimi mudiri A.Ahmadjonova tomonidan klinika bosh vrachiga bildirishnoma orqali Z.Qurbonova 28-iyundan 7-iyulgacha uzrli sabablarsiz ishga kelmayotganligi, ishga kelmaslik haqida hech qayday ariza bilan murojaat qilmaganligini maʼlum qilishgan.

Ushbu holatga oydinlik kiritish maqsadida Z.Qurbonova bilan suhbat oʻtkazilganda, haqiqatdan ham ishga kelmaganligi, 28-iyundan 7-iyulgacha Qirgʻiziston Respublikasiga borib kelganligi maʼlum boʻlgan. Mazkur holat Z.Qurbonova tomonidan telegramm orqali yuborilgan videolavhalar bilan ham oʻz isbotini topgan.

Institut klinikasida ichki mehnat tartib qoidalariga rioya qilishni tartibga solish maqsadida Z.Qurbonovaning harakatlarida qoidabuzish holatlari mavjudligi sababli 2022-yil 16-iyul kuni klinika Kasaba uyushmasi qoʻmitasiga belgilangan tartibda taqdimnoma kiritilgan. Kasaba uyushmasi qoʻmitasi taqdimnomani Z.Qurbonovaning ishtirokida oʻrganib, uning harakatlarida Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 100-moddasi ikkinchi qismi 4-bandi, Jamoa shartnomasi va Ichki mehnat tartib qoidalarining 7-bobi buzilganligi aniqlanib, Z.Qurbonova bilan “Mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish”ga rozilik bergan.

2022-yil 20-iyul kuni klinikaning 60-“i/ch” sonli “Oʻz mehnat majburiyatlarini bir marta qoʻpol ravishda buzganligi uchun mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 100-moddasi ikkinchi qismi 4-bandi, Jamoa shartnomasi va Ichki mehnat tartib qoidalarining 7-bobini qoʻllab ishdan boʻshatilgan.

Shuningdek, avvallari ham Z.Qurbonova muntazam ravishda oʻz mehnat vazifalarini buzib kelgan boʻlib, unga 29.06.2021-yilda 48/2 “i/ch” sonli buyruq bilan “Xayfsan” va 18.10.2021-yilda 78 “i/ch” sonli buyruq bilan “30%” jarima intizomiy jazo choralari koʻrilgan.

Z.Qurbonovaning murojaatida turmush oʻrtogʻi Qurbonov Xusanboyni majburan ishdan boʻshatilganligi koʻrsatilgan, aslida Qurbonov Xusanboy 2022-yil 14-iyul kuni oʻzi tomonidan yozilgan arizasiga binoan “sunʼiy buyrak” boʻlimidan 0,5 stavka navbatchi nefrolog vazifasidan ozod etilgan. Hozirda Qurbonov Xusanboy ADTI klinikasi “urologiya” boʻlimida 0,5 stavka vrach-urolog vazifasida faoliyat yuritib kelmoqda.

Shuningdek, murojaatda “urgan”, “haqorat qilgan”, “tazyik oʻtkazgan” deb koʻrsatilgan ayblovlar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Andijon viloyat Adliya boshqarmasi.Andijon shahar IIO FMB, Andijon davlat tibbiyot instituti rektori topshirigʻiga koʻra tuzilgan ishchi guruh xamda Andijon viloyati xokimligi Sogʻliqni saqlash boshkarmasi ishchi guruxi  tomonidan atroflicha oʻrganib chiqildi, Z.Qurbonovaning ayblovlari asossiz, deb topildi.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!