alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“1-dekabr – Butun jahon OITSga qarshi kurash kuni”ga bag‘ishlangan ilmiy amaliy seminar

12:53 30.11.2020

2020-yil 30-noyabr kuni Andijon davlat tibbiyot instituti ilmiy kengashlar zalida  1 Dekabr – Orttirilgan immun tanqisligi sindromiga  qarshi kurash kuni munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni  davolash fakulteti dekani B.Mamatov ochdi va tashrif buyurgan mehmonlarni tanishtirdi.

Shundan so‘ng, ADTI yuqumli kasalliklar kafedrasi o‘qituvchisi M.Po‘latov “OIV infeksiyasi” mavzusida ma’ruza qildi. Ma’ruza davomida   OIV infeksiyasi va  uning yuqish yo‘llari,  viloyatimizdagi OITS bo‘yicha epidemiologik vaziyat to‘g‘risida oxirgi ko‘rsatkichlar bilan tanishtirdi, OIV  tarqalishiga qarshi  yurtimizda  olib borilayotgan profilaktik  tadbirlar xususida gapirib o‘tdi.

Shundan so‘ng viloyat OITSga qarshi kurash markazi mutaxassislari M.Alimov, J.Mamadalieva, N.Nabijonovalar so‘zga chiqib talabalarga sog‘lom turmush tarzi, OITSning kelib chiqish sabablari, tarixiy ma’lumotlar, kasallik bilan kasallangan shaxslar taqdiri, kasallikning murakkab patogenezini sodda va ravon tilda tinglovchilarga etkazib berdilar


Shuningdek, OITSga qarshi kurashish, to‘g‘ri dam olish, jismoniy faollik, telefon va kompyuterlarni ishlatish tartiblari to‘g‘risida ma’ruza qildi.   Har qanday yuqumli va boshqa kasalliklarni oldini olish uchun tibbiy madaniyatni yuksaltirish muhimligini,  salomatligimiz o‘z qo‘limizda ekanligini ta’kidladilar.

Tadbir davomida  mutaxassislar  talabalarni qiziqtirgan savollariga javob berdilar.

ADTI axborot xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!