alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

 1-Dekabr – Butunjahon OITS ga qarshi kurash kuniga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi

11:07 03.12.2018

2018- yil 30- noyabr kuni Andijon davlat tibbiyot instituti ilmiy kengashlar zalida  1 Dekabr – OITSga  qarshi kurash kuni munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni  institut yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori P.Asxanov ochib,  tashrif buyurgan mehmonlarni tanishtirdi.

Shundan so‘ng, ADTI yuqumli kasalliklar kafedrasi mudiri D. Mirzakarimova “OIV infeksiyasi” mavzusida ma’ruza qildi. Ma’ruza davomida   OIV infeksiyasi va  uning yuqish yo‘llari,  OIV  tarqalishiga qarshi  yurtimizda  olib borilayotgan profilaktik  tadbirlar xususida gapirib o‘tdi.

Tadbirda Jamiyat salomatligi  va sog‘liqni saqlashni tashkil etish ilmiy tadqiqot instituti  Andijon viloyati bo‘linmasi  yetakchisi mutaxassisi U. Usmonov ishtirok etib, talabalarga sog‘lom turmush tarzi, jumladan  OITSga qarshi kurashish, to‘g‘ri ovqatlanish, to‘g‘ri dam olish, jismoniy faollik, telefon va kompyuterlarni ishlatish tartiblari to‘g‘risida ma’ruza qildi.   Har qanday yuqumli va boshqa kasalliklarni oldini olish uchun tibbiy madaniyatni yuksaltirish muhimligini,  salomatligimiz o‘z qo‘limizda ekanligini ta’kidladi.


Tadbir davomida  yuqumli kasalliklar kafedrasi dotsenti M.Djo‘raev va boshqa mutaxassislar  talabalarni qiziqtirgan savollariga javob berdilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!