alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni

19:35 28.09.2019

Bayramingiz muborak, aziz Ustozlar!
Andijon davlat tibbiyot instituti bugun o‘zgacha bir bayramona bezandi, institut bayram og‘ushida. Talabalar institut professor-o‘qituvchilari, murabbiylarini karnay-surnay sadolari ostida, dasta-dasta gullar bilan, cheksiz hurmat-e’tirom ila kutib oldilar. Institutning har bir O‘qituvchisi – Ustozlar bugungi bayram – O‘qituvchilar va murabbiylar bayrami, ko‘rsatilgan e’tibordan cheksiz quvondilar, ko‘zlar quvonch yoshlariga to‘ldi.


 


“O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan “Bayramingiz muborak, aziz Ustozlar!” mavzusi ostida tashkil etilgan bayram tadbirini institut rektori Madamin Mo‘minovich Madazimov tabrik so‘zi bilan ochib berdi. Rektor o‘z so‘zida hukumatimiz, shaxsan Prezidentimiz tomonidan ta’lim tizimiga, professor-o‘qituvchilarga qaratilgan e’tibor, O‘qituvchilik mashaqqati va sharafi xususida to‘htalib o‘tdi va barchani umumxalq bayrami – O‘qituvchilar va murabbiylar kuni bilan samimiy qutladi.


Bayram munosabati bilan institut ma’muriyati va xodimlar kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan ta’lim-tarbiya jarayonida fidoiylik bilan mehnat qilayotgan o‘qituvchilarning bir guruhiga qimmatbaho va esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.



Tantanali tadbirda o‘qituvchilar so‘z olib hukumatimiz va ma’muriyat tomonidan ko‘rsatilayotgan e’tibor uchun o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar.


Ustozlarini qutlash uchun institut talabalari nomidan tabrik uchun so‘z olgan talabalar ustozlariga mehr bilan berayotgan ta’lim-tarbiya uchun minnatdorchilik bildirdilar va ularga munosib shogird bo‘lishga va’da berishdi, ustoz-muallimlarga bag‘ishlab o‘zlari bitgan she’rlaridan o‘qib berishdi.


 
Bayramning badiiy qismi quvnoq va zukko talabalardan iborat “Ulfatlar” jamoasining ichakuzdi sahna ko‘rinishlari bilan boshlandi.

Is’tedodli yoshlar tomonidan jonli ijro etilgan qo‘shiqlar ustozlarning olqishlariga sazovor bo‘ldi.  Sho‘x yigitlar tomonidan ijro etilgan “Andijon polkasi” barchani ommaviy raqsga chorladi.

“Bayramingiz muborak, aziz Ustozlar!” deb nomlangan bayram tadbirida tabriklar tabriklarga, raqslar raqslarga ulandi. Barchaning tilida, dilida bir tilak:


 
“Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz Ustozlar!”
Odiljon Karimov,
ADTI matbuot kotibi

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!