alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

  10-OKTYABR – “BUTUNJAHON PSIXIK SALOMATLIK KUNI”

14:17 10.10.2019

Assalomu alaykum hurmatli ustozlar, bugun 10-oktyabr “Butunjaxon psixik salomatlik kuni” va shu bilan birga “Psixologlar kuni” hamdir.
Shu munosabat bilan, avvalambor butun jamoamizni bugungi kun bilan tabriklayman, sizlarga mustaxkam sog‘lik hamda psixik salomatlik tilab qolaman.
Hozirgi 21-asr stress asri bo‘lib turgan bir davrda psixik salomatlik juda ham muhim ahamiyatga ega, shu munosabat bilan psixik salomatlikni asrash bo‘yicha 6 ta kalitni aytib o‘tmoqchiman, siz bu kalitlar orqali bevosita psixik salomatlikni ochib, aynan baxt hissi, muvaffaqiyat hissi, hayotdan qoniqish hissi bilan yashashingiz mumkin.
Birinchi kalit: Faol ijtimoiy-pozitiv munosabatlar va muloqot.
Ikkinchi kalit: Jismoniy faollik va sport bilan shug‘ullanish.
Uchinchi kalit: Stresslarni boshqarishni o‘rganish.
To‘rtinchi kalit: To‘g‘ri va sog‘lom ovqatlanish.
Beshinchi kalit: Sifatli, o‘z vaqtida va yetarli darajada uxlash.
Oltinchi kalit: Hayotdagi aniq maqsad va yashash mazmuniga ega bo‘lish.
Barchaga aniq va chuqur o‘ylangan maqsadlarga erishishda psixik salomatlik tilab qolaman.

Institut psixologi O’tkirbek Arziqulov

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!