alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni

15:12 14.01.2020

Mustaqilligimizning ilk kunlaridanoq mamlakatimiz mudofaasini kuchaytirish masalasi davlatimiz siyosatining eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilab olindi. 1993-yilning 29-dekabrida 14-yanvar yurtimizda “Vatan himoyachilari kuni” deb e’lon qilindi.

Armiyamiz jahon harbiy qurilishining eng ilg‘or tajribalarini o‘zida mujassam etgan bo‘lib, ayni paytda milliy jangovar an’analarimizni yuksak sadoqat bilan davom ettirmoqda.

Harbiy o‘quv yurtlarimizdagi ta’lim tizimi tubdan o‘zgarmoqda, ularda bo‘lg‘usi ofiserlarni tayyorlash va tarbiyalash hozirgi zamon talablariga to‘la mos keladigan, prinsipial jihatdan mutlaqo yangi bo‘lgan o‘quv-texnik va ma’naviy-ahloqiy asosda yo‘lga qo‘yilgan. Armiya saflariga, avvalombor, mustaqil va suveren O‘zbekistonimizga xizmat qilish, uning manfaatlari va sarhadlarini, xalqimizning tinch va osuda hayotini himoya etishga azmu qaror qilgan mard va fidoyi, intellektual jihatdan tarbiya topgan yetuk mutaxassislar keladi.

“Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan Andijon shahridagi «Xotira hiyoboni» va Navoiy shohko‘chasida katta bayram tadbiri o‘tkazildi. Bayram tadbirida Andijon viloyat hokimligi, harbiy qismlarlarning ofitser va askarlari, nodavlat tashkilotlar vakillari, ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etishdi. Andijon viloyat hokimi Sh.Q.Abdurahmonov  tadbir ishtirokchilarini “Vatan himoyachilari kuni” bilan samimiy tabrikladi.


Bayram tadbiri harbiy yurish bilan davom etdi. Harbiy yurish – harbiy paradda habiy qismlarning askar va zobitlari bilan birga sportchilar, o‘quv yurtlarining harbiy yo‘nalishlari tarbiyalanuvchilari, jumladan Andijon davlat tibbiyot instituti harbiy kafedrasining professor-o‘qituvchilari va talaba-kursantlari ishtirok etishdi.


Vatan ostonadan, inson yashab nafas olib turgan go‘shadan, insonning kindik qoni to‘kilgan xonadon tuprog‘idan boshlanadi.  Vatanimiz tuprog‘idagi har bir qarich yer muqaddas hisoblanadi. Shuning uchun ajdodlarimiz yurt tuprog‘ini ko‘zlariga to‘tiyo etganlar, qayerga borsa ham vatan yodi bilan nafas olganlar. Harbiy paradda shahdam qadam tashlab o‘tayotgan Vatan himoyachilarini kuzatar ekansiz, beihtiyor yuqoridagi fikrlar dilga keladi.


Bugungi yoshlarimiz mustaqil vatanimizning posbonlaridir. Biz navqiron avlod vakillarini barkamol, yetuk kishilar qilib voyaga yetkazsak, ularning har birida or-nomus, milliy g‘ururni izchil shakllantirib borsak, vatanimiz shunchalik qudratli davlatga aylanadi.


Vatanni, xalqimiz tinchligi va osoyishtaligini ishonchli himoya qilish, vatanparvar bo‘lish, sodiqlik, fidoyilik tuyg‘ularini xis etib yashayotgan yoshlarimiz mustaqil yurtimizning kelajagidir.

Biz qo‘lga kiritgan yutuqlar bilan muqaddas yurtimizda yashayotgan, millati, dini va e’tiqodidan qat’i nazar, har bir inson haqli ravishda faxrlansa arziydi.
Yana bir bor bayramingiz qutlug‘ bo‘lsin, qadrli Vatan himoyachilari!

ADTI axborot xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!