alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Marhamat tumanida tibbiy ko‘rik o‘tkazildi

17:00 18.06.2019

Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy  xizmat, sifat va samaradorligini yaxshilash hamda tibbiy madaniyatni oshirish maqsadida Andijon davlat tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilari 2019- yil 17-18- iyun kunlari Marhamat tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli  Yuvvosh MFY da joylashgan 35-qishloq oilaviy poliklinikasida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik o‘tkazdilar.

Tibbiy ko‘rikda pediatr, akusher-ginekolog, terapevt, xirurg, onkolog, kardiolog, nevropatolog, okulist, dermatovenerolog, endokrinolog, lor, travmatolog mutaxassislaridan iborat jami 22 nafar malakali professor-o‘qituvchi ishtirok etdi.

Tuman aholisining 845 nafari ko‘rikdan o‘tkazildi. Ko‘rik davomida 59 nafar fuqaroda  surunkali xastaliklar  aniqlandi va ularga kerakli maslahatlar berildi. Shuningdek,  o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan 12 nafar fuqaro joylarga borib ko‘rildi va tibbiy yordam ko‘rsatildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018- yil 18- dekabrdagi “Yuqumli bo‘lmagan kasalliklarning profilaktikasi, sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va aholining jismoniy faolligi darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4063-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash bo‘yicha QOP xududidagi 84 nafar aholiga institut professor-o‘qituvchilari tomonidan sog‘lom turmush tarzi, turli xil surunkali va yuqumli xastaliklar to‘g‘risida hamda ularni oldini olish bo‘yicha kerakli maslahatlar berdilar.

Shuningdek, Marhamat tumanida yozgi amaliyotlarini o‘tkazayotgan talabalar tomonidan 102 ta xonadonda aholi tibbiy madaniyatini oshirish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!