alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

170 NAFAR TALABA IJARA TOʻLOVINING 50 FOIZI DAVLAT BYUDJETIDAN QOPLAB BERILADI

18:46 26.10.2021

170 NAFAR TALABA IJARA TOʻLOVINING 50 FOIZI DAVLAT BYUDJETIDAN QOPLAB BERILADI

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ijara huquqi asosida yashayotgan talabalar tomonidan toʻlanadigan ijara toʻlovlarini qoplab berish tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2021-yil 1-maydan boshlab yotoqxona bilan qamrab olinmagan va oʻziga, shu jumladan ota-onasi (qonuniy vakillari)ga tegishli boʻlmagan uyda ijara huquqi asosida yashaydigan davlat oliy taʼlim muassasalari talabalarining 60 foiziga ular tomonidan toʻlanadigan oylik ijara to’lovining 50 foizi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti hisobidan qoplab berilishi belgilab qoʻyilgan. Mazkur qaror ijrosini taʼminlash maqsadida Andijon davlat tibbiyot institutida Yoshlar bilan ishlash va maʼnaviy-maʼrifiy masalalar boʻyicha prorektor raisligidagi Ishchi guruh tomonidan shu kunga qadar ijarada yashovchi talabalardan kelib tushgan ariza va ijara shartnoma xujjatlari koʻrib chiqildi. Kelib tushgan xujjatlardan 170 tasi qanoatlantirildi.

Ijarada yashovchi talabalar bilan koʻproq muloqot olib borish, ularning yashash holatlarini oʻrganish, ijara shartnomalari sonini koʻpaytirish borasida Yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosarlari hamda tyutorlarga kerakli koʻrsatma va topshiriqlar berildi.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!