alexa
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

2-AKUSHERLIK VA GINEKOLOGIYA VA BOLALAR GINEKOLOGIYASI KAFEDRASI

Тиббиёт фанлари доктори,
кафедра профессори Т.К.
Мухитдинова

Тиббиёт фанлари доктори,
кафедра мудири
Х.Н.Негматшаева

 

Institutda birinchi bo‘lib tashkil qilingan akusherlik va ginekologiya kafedrasini professor S.A.Adinsova boshqargan. 1982 yildan Andijon shahar 3-tug`ruq kompleksi qoshida yangi tashkil qilingan pediatriya fakulteti akusherlik va ginekologiya kafedrasiga kafedra mudiri etib T.K.Muxitdinova saylangan. 1991 yilda davolash fakulteti akusherlik va ginekologiya kafedrasiga o‘zgartirilgan va kafedra mudiri tibbiyot fanlari doktori professor, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan tibbiy xodim T.K. Muxitdinova faoliyat olib borgan. 1992-yildan buyon kafedra dotsenti bo‘lib t.f.n.dotsent O.S.YUldasheva, 1993 yildan t.f.n. dotsent X.N. Negmatshaeva (Raximova) ishlashmoqdalar. 2009 yildan shu kafedrada ilmiy ish bajargan tibbiyot fanlari doktori. dotsent D.B. Asrankulova kafedra mudiri bo‘lib tayinlangan. Professor T.K. Muxitdinova 2010 yilning yanvar oyidan boshlab 6-7 kurs akusherlik-ginekologiya va bolalar ginekologiyasi kursi kafedrasida kurs mudiri bo‘lib ishlamoqda. 2016 yildan kafedra nomi «2 -Akusherlik va ginekologiya kafedrasi» deb o‘zgartilildi va dotsent Negmatshaeva X.N. kafedra mudiri lavozimida ishlamokda.

Kafedra va kafedra xodimlari erishgan yutuqlari

2000 yildan kafedra va tugruq kompleksi xodimlari birgalikda BSST ni «Bexatar onalik» dasturini 2 – tugruq kompleksi O‘zbekiston Respublikasida birinchi bo‘lib amaliyotga kiritgan va Respublikamizda bu dasturni markazi bo‘lib barcha viloyatlarda kafedra mudiri va xodimlari seminarlar o‘tkazgan. Bu dasturni yakunlari bilan kafedra mudiri professor T.K.Muxitdinova Xalqaro forumlarda (Qirgiziston, Turkmaniston va Tojikistonda) ma’ruzalar qilgan va bu dasturni chukur urganish maqsadida Kopengagenda (Daniya) Xalqaro seminarda qatnashib kelgan. Kafedrada 3ta iqtidorli talabalar va 1ta “ginekolog” nomli ilmiy maktab faoliyat olib bormoqda. Iqtidorli talabalar tomonidan tezislar va ilmiy maqolalar doimiy ravishda tayyorlanib, chop etilib boriladi. Kafedra elektron kutubxonasiga ega va u 100 dan ortiq ilmiy manbalarni o‘z ichiga olgan. Pedagog va talabalar mustaqil faoliyatni samaralashtirib borishda ulardan unumli foydalaniladi. Kafedrada iqtidorli talabalardan klinik ordinatura, magistratura va aspirantura orqali pedagogik kadrlarni tayyorlab professor-o‘qituvchilar potensialini kuchaytirib borish an’anaga aylantirilgan.