“OILAVIY KAMSITILISHGA BARHAM BERISH” MAVZUSIDA TADBIR BO‘LIB O‘TDI

2018- yil 29- noyabr kuni Andijon davlat tibbiyot instituti ilmiy kengashlar zalida  «Oilaviy kamsitilishga barham berish” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Ushbu tadbir 25-noyabr – Xalqaro xotin-qizlarni zo‘ravonlikka qarshi kurash kuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 26 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazildi.

Tadbirni   yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor  P.Asxanov  ochib, bugungi kunda  mamlakatimizda  xotin-qizlarga  ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor va g‘amxo‘rliklar, ularning haq-huquqlari, erkinlari xususida  o‘z fikrlarini bildirdi.

Shundan so‘ng, viloyat xotin- qizlar qo‘mitasi “Mehrimiz sizga” reabilitatsiya markazi direktori X.Mirzarahimova “Xotin-qizlarni kamsitilishiga barham  berish bo‘yicha  xalqaro SEDAW konvensiyasi”  mavzusida  ma’ruza  qildi.

U o‘z ma’ruzasida  SEDAW konvensiyasining   tuzilishi, undagi  bo‘lim  va moddalarning mazmun-mohiyati to‘g‘risida tushuncha  berdi. Shuningdek, yurtimizda  oilaga, ayolga  bo‘lgan munosabat yuqori darajada ekanligini e’tirof etib, xotin-qizlar huquqlarini  kamsitilishiga barham berish uchun yanada targ‘ibot-tashviqot ishlarini kuchaytirish lozimligini aytib o‘tdi. Tadbir davomida talabalarga mavzuga doir videorolik  namoyish etildi.

Davra suhbatida viloyat Qizil Yarim Oy jamiyati ijrochi direktori A.Uzoqjonov, Andijon shahar Qizil Yarim Oy jamiyati “Mehrim sizga” reabilitatsiya markazi mutaxassisi H.Boltaboeva, ADTI xotin-qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkiloti raisi M.Jo‘raevalar  ham  oilada ayollarning o‘rni, yoshlarni  oilaviy  hayotga  tayyorlash  borasida   o‘zlarining fikrlarini  bildirdilar.

Tadbirda  pediatriya, davolash  fakulteti  dekan o‘rinbosarlari, murabbiylar  va talabalar  ishtirok  etdilar.




UASh MO va QT va funksional diagnostika kafedrasi e’lon!

2018- yil 1-dekabr kuni soat 10:00 da UASh MO va QT va funksional diagnostika kafedrasi dosenti Nosirov Muhammadjon tomonidan “Yurak o’ynashi. Aritmiyalar. Turlari. Taxikardiya simptomi. O’tkazuvchanlik va ritm buzilishlarida EKG. Aritmiyalar davosi. O’tkir miokard infarkti va yurak ishemik kasalligida ritm buzilishining differensial diagnostikasi: stenokardiya, infarktdan so’nggi kardioskleroz” mavzusida ochiq ma’ruza o’tkaziladi.

 

Barcha qiziquvchilarni taklif  etamiz.

Manzil: ADTI klinikasining maslahat poliklinikasi.




Terapevtik, ortopedik va bolalar stomatologiyasi kafedrasidan e`lon!

2018-yil 1-dekabr kuni soat 8:00 da Andijon davlat tibbiyot institutining terapevtik, ortopedik va bolalar stomatologiyasi kafedrasi katta o’qituvchisi Nigora Jo`rayeva boshchiligida va  401-403–guruh talabalari ishtirokida “Bolalar yoshida kechadigan pulpitlarning o’ziga xos xususiyatlari” mavzusida ochiq ma’ruza  o`tkaziladi.

Barcha qiziquvchilarni ochiq ma’ruzaga taklif etamiz.

Manzil:  Viloyat stomatologiya poliklinikasi

                ma’ruzalar  zali.




Andijon davlat tibbiyot instituti, Andijon mashinasozlik instituti va Koreyaning Tegu universiteti hamkorligida ishlab chiqilgan «Tibbiyot injeneriyasi» qo`shma magistirlik dasturi asosida 2018-2019 o`quv yilidan boshlab Andijonda tibbiyot muhandislari tayyorlanadi

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2017-  yil  5 – maydagi  PQ- 2956-sonli  “O‘zbekiston  Respublikasida  tibbiy  ta’lim  tizimini  yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda  2018- yil 5- iyundagi PQ- 3775-sonli  “Oliy  ta’lim  muassasalarida  ta’lim  sifatini  oshirish  va ularning  mamlakatda  amalga  oshirilayotgan  keng  qamrovli  islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora- tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorlari  ijrosini  ta’minlash  maqsadida,  Andijon  davlat  tibbiyot instituti va  Andijon mashinasozlik instituti bilan Koreyaning Tegu universiteti hamkorligida ishlab chiqilgan  tibbiyot  injeneriyasi  bo‘yicha  institutlararo  magistratura tajribaviy  dasturi  asosida  2018-2019 – o‘quv  yilidan  boshlab  sog‘liqni saqlash  tizimi  uchun  tibbiyot  muhandislari  tayyorlash  tajriba-sinov tariqasida yo‘lga qo‘yildi. Ushbu  dastur  tayanch  oliy  ma’lumotga  ega  bo‘lgan,  texnika  oliy  o‘quv yurtlarining  elektronika,  texnologik  jarayonlarni  avtomatlashtirish, metrologiya, materialshunoslik, biofizika, biotexnologiya tizimlari hamda tibbiyot  oliy  o‘quv  yurtlarining  tibbiyot-profilaktika,  tibbiyot-biologiya kabi yo’nalishlari  bitiruvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, o‘quv mashg‘ulotlari Oliy va o‘rta  maxsus ta’lim  vazirligi  tomonidan  tasdiqlangan  tajribaviy  magistratura dasturi asosida modul-kredit tizimida olib borilmoqda. SHu  bois,  qo‘shma  ta’lim  dasturini  amalga  oshirish  yuzasidan navbatdagi  yig‘ilish  Andijon  davlat  tibbiyot  institutida  tashkil  etildi. Yig‘ilishda Andijon davlat tibbiyot instituti  rektori, hamkor oliy o‘quv yurtlarining  o‘quv  ishlari  bo‘yicha  prorektorlari,  xalqaro  aloqalar  bo‘limi boshliqlari,  magistratura,  o‘quv-uslubiy , reja va moliya bo‘lim boshliqlari, kafedra mudirlari va o‘quv mashg‘ulotlari olib borayotgan  professor-o‘qituvchilar qatnashdilar. Yig‘ilishni  Andijon  davlat  tibbiyot  instituti  rektori,  tibbiyot fanlari doktori, professor M. Madazimov ochib berib, hozirgi kunda tibbiyot  sohasida  respublikamizda  olib  borilayotgan  ulkan  yangilanishlar, respublikamiz oliy o‘quv yurtlari va chet el oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorliklar va  tashkil etilgan qo‘shma magistrlik dasturi haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Jumladan,  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2018-  yil  5- iyundagi  PQ-3775-sonli  “Oliy  ta’lim  muassasalarida  ta’lim  sifatini oshirish  va  ularning  mamlakatda  amalga  oshirilayotgan  keng  qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora- tadbirlar to‘g‘risida” gi  qaroridan  kelib  chiqib,  O‘zbekiston  Respublikasidagi  ta’lim muassalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2018- yil 17 – sentyabrdagi  9-sonli  bayoni  asosida  2018/2019  o‘quv  yili  qabuli  uchun respublika  oliy  ta’lim  muassasalari  va  xorijiy  oliy  ta’lim muassasalari bilan qo‘shma ta’lim dasturlari va  ikki tomonlama diplom berish  amaliyotini  joriy  etish  maqsadida  Andijon  mashinasozlik instituti bilan hamkorlikda to‘lov-kontrakt asosida qo‘shimcha  “Tibbiyot va biotexnologiya mashinalari va jihozlari” magistratura mutaxassisligiga  9 nafar talabalar qabul qilinganligini yana bir bor eslatib o‘tdi.

SHu bilan birga, tibbiyot muhandisligi sohasi muhimligi va ularning kasbiy  faoliyatiga  texnika  va  ilmiy  soha,  inson  faoliyati,  tibbiyot diagnostika  uchun  asbob-uskunalarga  xizmat  ko‘rsatish,  kasalliklar profilaktikasi va reabilitatsiyasida zamonaviy tibbiyot jihozlari, tibbiy laboratoriya  masalalarini  yechish  uchun  dasturiy  ta’minotni  ishlatish kabilar kiritilganligini institut rektori a’lohida ta’kidlab o‘tdi. So‘ngra,  Andijon  mashinasozlik  institutining  xalqaro  aloqalar bo‘limi boshlig‘i Z. Jo‘raev tibbiyot muhandisligi institutlararo qo‘shma magistrlik dasturining o‘ziga xos xususiyatlari,  tarkibiy tuzilmasi, o‘quv mashg‘ulotlari  va  mutaxassislik  fanlari  haqida  to‘liq  ma’lumot  berdi. Jumladan,  Janubiy  Koreyaning  Tegu  universiteti  (Catholic  University  Of Daegu)  va  Andijon  davlat  tibbiyot  instituti  bilan    hamkorlikda meditsina  injeneriyasi  (Biomedical  Engineering)  magistratura mutaxassisligi qo‘shma ta’lim dasturlar va ikki tomonlama diplom berish

kelishuviga  asosan  1+1  modeli  asosida  (1-o‘quv  yilida  Andijon mashinasozlik instituti va Andijon davlat tibbiyot institutilarida va 2- o‘quv yilida Janubiy Koreyaning Tegu universitetida) tashkil etilganligi haqida ma’lumotlar berib o‘tdi.

Yig‘ilish  davomida  Andijon  davlat  tibbiyot  instituti  va  Andijon mashinasozlik  instituti  bo‘lim  boshliqlari  o‘z  vakolatlari  doirasida qo‘shma  magistrlik  dasturining  kelgusi  istiqbollari  haqida  kelishib oldilar.  Yig‘ilish  so‘ngida,  Andijon  davlat  tibbiyot  instituti  rektori, professor  M.  Madazimov  institutning  kafedra  mudirlari  va  bo‘lim boshliqlariga  o‘quv  mashg‘ulotlarini  doimiy  ravishda  monitoring  olib borish,  o‘quv  mashg‘ulotlarini  kerakli  tibbiyot  jihozlari  va  axborot kommunikatsion  texnologiya  vositalari  bilan  ta’minlash  va  ta’lim sifatiga alohida e’tibor berish haqida tegishli kafedralarga topshiriqlar berdi.




Andijon davlat tibbiyot institutida ilmiy kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

2018- yil 28- noyabr kuni  Andijon davlat tibbiyot institutida  navbatdagi ilmiy kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni institut rektori M.Madazimov ochib, institut faoliyati bilan bog‘liq muhim yangiliklarga to‘xtaldi.

Yig‘ilish avvalida Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan  taqdirlangan institut-professor o‘qituvchilaridan   xirurgiya va urologiya kafedrasi mudiri,”Yilning eng yaxshi ilmiy xodimi” nominatsiyasi g‘olibi, professor F.Nishonov, umumiy jarrohlik kafedrasi dotsenti K.Mirzaev, Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti dekani H.Tursunov, VMO va QT fakulteti pediatriya kafedrasi mudiri H.Xudoyberdieva, fakultativ pediatriya va neonatologiya  kafedrasi mudiri B.Inakova, 2-akusherlik va ginekologiya  kafedrasi dotsenti O.Yuldashevalarga Sog‘liqni saqlash vazirligining mukofotlari va  Faxriy yorliqlari topshirildi.

Shuningdek, ADTI  rasmiy veb-saytini yangilashda hamda yuqori pog‘onalarga ko‘tarilishida o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shgan ADTI axborot texnologiyalari markazi xodimlaridan B.Raxmanov, N.To’raxonov,A.Komilovlar  pul mukofolari bilan taqdirlandilar.

Shundan so‘ng, kun tartibidagi masalalar yuzasidan xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i K.Salohiddinov, institut yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori P.Asxanov, klinik ordinatura bo‘limi boshlig‘i G.To‘raevalar hisobot  ma’ruza qildilar.

So‘ngra ilmiy bo‘lim boshlig‘i G.Mamatxo‘jaeva  ADTI professor-o‘qituvchilarining O‘zbekiston va xorijiy nashrlarda chop etilgan maqolalari yuzasidan ma’lumot berdi. Yig‘ilishda institut  psixologi O‘.Arziqulov talabalar o‘rtasida ijtimoiy-psixologik so‘rovnomalar natijalari bo‘yicha ma’ruza qildi.

Ilmiy kengash yig‘ilishida yuqoridagi ma’ruzalar va masalalar bo‘yicha savol-javoblar va muhokamalar bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, kelgusidagi bajariladigan ishlar yuzasidan  vazifalar belgilab olindi.




Bolalar xirurgiyasi kafedrasidan e‘lon

2018-yil 29-noyabr kuni  Andijon davlat tibbiyot instituti bolalar xirurgiyasi kafedrasida talabalar ilmiy jamiyatining navbatdagi seminar mashg‘uloti o‘tkaziladi. Seminar mashg‘ulotda bolalar xirurgiyasi kafedrasi talabalar ilmiy jamiyatining a‘zosi Xusniyaxon Ergashzoda tomonidan “Bolalarda portal gipertenziya kasalligini zamonaviy tekshirish usullari” mavzusida seminar mashg‘ulot olib boriladi. Barcha xohlovchilarni seminar mashg‘ulotga taklif etamiz. Seminar mashg‘ulot 1400 da boshlanadi.

Manzil: Andijon shahar, Furqat ko‘chasi 5-uy. AVBKTTM kafedra majlislar zali.




YUQUMLI KASALLIKLAR KAFEDRASIDAN E’LON

2018-yil 28 – noyabr kuni soat 08:10 da, yuqumli kasalliklar va epidemiologiya kafedrasi assistenti M. G. Djuraev tomonidan tibbiy pedagogika fakultetining 601-guruh talabalari ishtirokida «Toshmali kasalliklar klinikasi, diagnostikasi va davolash» mavzusi bo‘yicha ochiq amaliy mashg’ulot o‘tkaziladi. Ochiq amaliy mashg’ulot Andijon viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida bo’lib o’tadi.

Ochiq amaliy mashg’ulotga barcha qiziquvchilarni taklif etamiz.




ROSSIYALIK TAJRIBALI OFTALMOLOG ISHTIROKIDA KONFERENSIYA O‘TKAZILDI

2018- yil  24- noyabr kuni  Rossiya  Federatsiyasi Sankt –Peterburg davlat  tibbiyot  universitetining  Oftalmologiya  kafedrasi  mudiri Brjskiy Vladimir Vsevolodovich   Andijon davlat tibbiyot institutiga tashrif buyurdi.

Shu kuni V. Brjskiy ADTI  rektori   M.Madazimov bilan uchrashib, bugungi kunda  institutda olib borilayotgan  o‘quv-uslubiy, ilmiy-amaliy ishlar, hamkorlik aloqalari xususida suhbatlashdi, oliygoh faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Kelgusida ikki tomonlama  hamkorlik  aloqalarini yanada mustahkamlashga kelishib, o‘zaro hamkorlik memorandumini imzoladilar.    

Shundan so’ng, Andijondagi  “Bog‘ishamol”  mehmonxonasining majlislar  zalida rossiyalik  yetakchi  mutaxassis  ishtirokida  “Quruq  ko‘z sindromi – sivilizatsiyaning  kasalligidir” mavzusida  ilmiy-amaliy  konferensiya  tashkil  etildi.  Konferensiyada  ADTI oftalmologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari, soha mutaxassislari, magistrlar  va  klinik  ordinatorlar qatnashdilar.

Tadbirda V.Brjskiy  quruq  ko‘z  sindromi kasalligining  kelib chiqishi,tashxisi, patogenezi va kasallikda qo’llaniladigan  dori vositalari, zamonaviy  davolash  usullari  to’g’risida  ma’ruza  qildi.

Ma’ruzadan so‘ng konferensiya  qatnashchilari bilan  savol-javoblar va muhokamalar bo‘lib o‘tdi.




Patologik anatomiya va sud tibbiyoti kafedrasida e’lon!

2018-yil 26-noyabr’ kuni soat 1500 da patologik anatomiya va sud tibbiyoti kafedrasida «O’smalarni patomorfologik diagnostikasining dolzarb muammolari» mavzusida ilmiy-amaliy konferensiyasi o’tkaziladi. Hamma qiziquvchilar taklif qilinadi.




Andijon davlat tibbiyot instituti rektori ota-onalar bilan uchrashdi

             Ta’lim-tarbiya jarayonida  talabalarning ota-onalari  bilan ta’lim maskanlarining hamkorligi muhim ahamiyatga ega. Andijon davlat tibbiyot  institutida ana shu jarayonga azaldan katta e’tibor qaratilgan.

2018-yil  23-noyabr kuni Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov  bilan stomatologiya fakultetida tahsil olayotgan talabalarning ota-onalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Ota-onalar bilan suhbat chog‘ida rektor avvalo institutdagi ta’lim-tarbiya jarayoniga, talabalar uchun oliygohda yaratilgan shart-sharoitlar va  imkoniyatlarga  to‘xtaldi. Shuningdek, Andijon davlat tibbiyot  institutining  “Odob-axloq qoidalari”, O‘zbekiston Respublikasi  Sog‘liqni saqlash vazirligining 34-sonli buyrug‘i, muomala  va kiyinish madaniyati, vrachlik kasbiga hurmat  to‘g‘risida gapirdi. Shuningdek, talabalarning   xorijiy tillarni bilishlari, netbuk, noutbuk, fleshka  kabi vositalardan foydalanish, to‘garaklarga muntazam qatnashishlari, simulyatsion markazda amaliy  ko‘nikmalarini oshirishlari  lozimligini aytib o‘tdi.

Talabalarni oliygohda  yaxshi bilim olishlarida,  ularning tarbiyasida, qolaversa, kelgusida har tomonlama bilimli, tajribali shifokor bo‘lib yetishishlarida ota-onalar bilan institut jamoasining doimiy hamkorligi muhim ekanligini ta’kidladi. Uchrashuvda rektor ota-onalarni qiziqtirgan savollariga javob berdi hamda   ta’lim – tarbiya jarayonida ularni  yanada  hamkorlikka va faol bo‘lishga chaqirdi.

Uchrashuv yakunida stomatologiya fakulteti dekani D.To‘lanov faol talabalarning  ota-onalariga “Tashakkurnoma”lar  topshirdi.