alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

2020-2021 o`quv yilidan kredit-modul tizimi

15:32 27.12.2019

Andijon davlat tibbiyot institutida 2020-2021 o`quv yilidan o`quv jarayoni kredit-modul tizimiga o`tkaziladi
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-maydagi “Tibbiyot va farmatsevtika ta`limi va ilm-fani tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori bilan tibbiyot va farmatsevtika ta`limi va ilm-fanini yanada rivojlantirishning eng muhim yo`nalishlari belgilandi. Unga muvofiq, 2019/2020 o`quv yilidan tibbiyot va farmatsevtika kadrlarini tayyorlash va uzluksiz kasbiy ta`lim jarayonlariga o`qitishning kredit-modul tizimi joriy etiladi.
Shu munosabat bilan 2019-yil 27-dekabr kuni institut kafedralarining o`quv ishlari mas`ullari uchun “Kredit-modul tizimiga o`tishning o`ziga xos xususiyatlari” mavzusida seminar-trening o`tkazildi.

Seminar treningda yoshlar bilan ishlash bo`yicha prorektor P.X.Asxanov, o`quv-uslubiy bo`limi boshlig`i Q.M.Yusupov, kafedralarning o`quv ishlari mas`ullari ishtirok etishdi.
Seminar treningni yoshlar bilan ishlash bo`yicha prorektor P.X.Asxanov kirish so`zi bilan ochib berdi. So`ng o`quv-uslubiy bo`limi boshlig`i Q.M.Yusupov tibbiyot oliy ta`lim muassasalarining kredit-modul tizimiga o`tishining o`ziga xos xususiyatlari, Samarqand davlat tibbiyot instituti tajribalari to`g`risida to`liq ma`lumot berdi.
Fakultet stomatologiya va stomatologik kasalliklar propedevtikasi kafedrasi mudiri Z.Xakimova Ukraina Respublikasi Xarkov Milliy tibbiyot universitetining kredit-modul tizimida o`qitish jarayoni to`g`risida ma`lumot berdi.       Seminar-trening bahs-munozaralar, savol-javoblar bilan qiziqarli o`tkazildi.

Shuhratbek Abdurahimov

ADTI O`quv-uslubiy bo`limi statisti

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!