(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

2020 yil – Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili!

14:31 24.01.2020

Butun  xalqimiz qatori Andijon viloyati jamoatchiligi diqqat-e’tibori mamlakatimiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoyvning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasida bo‘ldi.


Andijon viloyat hokimligida viloyat faollari, o‘qituvchilar, shifokorlar, yoshlar, talabalar mamlakatimiz Prezidentining Murojaatnomasini vidoselektr tarzida tingladi.


Andijon davlat tibbiyot instituti jamoasi – prorektorlar, professor-o‘qituvchilar, talabalar ham Institut Kengashlar zalida Murojaatnomani  zo‘r qiziqish bilan tingladilar.

Murojaatnomada Prezidetimiz tomonidan ta’lim sohasida amalga oshirish bo‘yicha ilgari surilgan takliflari olqishlar bilan kutib olindi.


Prezidentning 2020-yilni “Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb e’lon qilinishi davomli olqishlar bilan qarshi olindi.


Bundan tashqari, oliy ta’limga qabul bo‘yicha davlat grantlarini ko‘paytirish, qizlar uchun alohida grantlar ajratish, matematika, kimyo yo‘nalishlarga e’tibor qaratish borasidagi takliflari ham institut jamoasini to‘lqinlantirib yubordi.

Shuningdek, Murojaatnomadagi sud-huquq, soliq, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, turizmni rivojlantirish kabi yo‘nalishlar ham tinglovchilar e’tiborida bo‘ldi.

Yoshlarni, ayniqsa, uyushmagan yoshlarni, hamda tibbiyot sohasi xodimlarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi takliflari olqishlarga asos bo‘ldi.

Yurtboshimizning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasi Andijon davlat tibbiyot institutining har bir  o‘quv auditoriyasi, guruhlari, kafedralarida qiziqish bilan o‘rganilmoqda, qizg‘in muhokama qilinmoqda.

ADTI axborot xizmati.