alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

2021 yil – Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili

08:00 31.12.2020

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasida 2021 yilga “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” deb nom berishni taklif qildi.
Prezident tomonidan 2021-yil nomida belgilangan sohalarni tubdan isloh qilish va yanada rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar aytib o‘tildi.
Shu jumladan, kelgusi yilda oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimiga joriy etiladigan yangiliklar haqida ma’lumot berildi:
– keyingi yildan boshlab oliy ta’limga ajratiladigan davlat grantlari soni kamida 25 foizga oshiriladi;

– oliy o‘quv yurtlariga qabul qilishda ehtiyojmand oilalar qizlari uchun grantlar sonini 2 barobarga ko‘paytirib, 2 mingtaga yetkaziladi;
– a’lo baholarga o‘qiyotgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlar uchun maxsus stipendiyalar joriy etiladi;
– 65 ta akademik litsey oliy o‘quv yurtlari tasarrufiga o‘tkaziladi;
– 187 ta texnikum ham o‘z yo‘nalishi bo‘yicha turdosh oliygoh va tarmoq korxonalariga biriktiriladi;
– “El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali yetakchi xorijiy oliy o‘quv yurtlarining magistratura va doktoranturasida o‘qishga yuboriladigan yoshlar soni 5 barobarga oshiriladi;

– 30 ta yetakchi OTMga o‘quv dasturlarini ishlab chiqish, qabul kvotasi va moliyaviy masalalarni mustaqil hal qilish huquqi beriladi;
– «Fizika» va «Xorijiy tillarni o‘qitish» keyingi yil uchun ustuvor fan yo‘nalishlari sifatida belgilandi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!