22 noyabr – Psixologlar kuni. Inson ruhiyatining shifokorlari

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

Shaxs sifatida shakllanayotgan o‘smirning o‘z olamidagi muammolariga yechim topishi uchun yordam berishda psixologning roli juda ham muhim hisoblanadi.

“Psixologlar kuni” 1994-yil 22-noyabr kuni Moskvada psixologlar jamiyati tomonidan tashkil etilgan. 2000-yildan boshlab 22-noyabr – “Psixologlar kuni” sifatida xalqaro miqyosda nishonlanib kelinmoqda.

So‘nggi yillarda mamlakatda psixologiya sohasida pedagog kadrlarni tayyorlash hamda amaliyotchi psixologlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga oid bir qator ishlar amalga oshirildi. Sohani rivojlantirish bo‘yicha hukumatimizning mahsus qarorlari qabul qilindi.

Andijon davlat tibbiyot instituti psixologi O‘tkirbek Arziqulov ham xodimlar va talaba yoshlarning shahsiy hamda oilaviy nizolarini psixologik ildizini o‘rganish, shaxslararo munosabatlarning asl mohiyatini namoyon qilish, ularni keltirib chiqaruvchi motivlarni tahlil qilish, favqulotda vaziyatlarini yengillashtiruvchi va tamoman bartaraf qilish yo‘llari yuzasidan bir qator ibratli ishlarni olib bormoqda.

“Psixologlar kuni” munosabati bilan barcha psixologlarni, jumladan institutimiz psixologi O‘tkirbek Arziqulovni kasb bayramlari  bilan tabriklaymiz! Ularning mashaqqatli va zavqli kasblarida omadlar yor bo‘lsin!

ADTI axborot xizmati

177