alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

OITSga qarshi birgalikda kurashamiz!

11:25 02.12.2019

Andijon davlat tibbiyot insitutida hafta an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan “Shukronalik” tadbiri “1-dekabr – Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni”ga bag‘ishlandi. Institut asosiy binosida o‘tgan “Shukronalik” tadbiri Lazizaxon Xudayberdieva rahbarligidagi xorijiy tillar kafedrasi professor-o‘qituvchilari mas’ullligida o‘tdi.

Kafedra o‘qituvchisi O‘g‘ilxon Po‘latova talabalarga “Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni” munosabati bilan OITS kasalligining kelib chiqish sabablari, kasallik bilan kasallangan shaxslar taqdiri, kasallikning oldin olish choralari haqida ma’lumot berib o‘tdi.

Shuningdek, 8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstutitsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan Asosiy Qonunimizning mazmun-mohiyati, joriy yilning 22-dekabrida o‘tadigan saylovlar xususida qisqacha so‘z yuritidi. “Shukronalik” tadbiri ishtirokchilari O‘zbekiston Madhiyasining jonli ijrosi eishdi va ko‘tarinik kayfiyat bilan mashg‘ulotlarga yo‘l olishdi.

ADTI Klinikasi binosida «Shukronalik» tadbiri Umumiy gigiyena kafedrasi tomonidan  o’tkazildi. Tadbirni Davolash fakulteti yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari Ulugʻbek Karimov shukronalik fazilati haqida qisqacha gapirib o’tdi. Shundan so’ng, professor-o’qituvchilar va talabalar tomonidan O’zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasini kuylandi.

Kafedraning ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo’yicha ma’suli Adahamjon Minavvarov «OITS – asr vabosi» mavzusida ma’ruza qilib o’tdi. Ushbu mavzu yuzasidan talabalar o’z chiqishlarini namoyish etdilar. Davolash fakultetining dekani,dotsent Bahtiyorjon Mamatov yangi hafta uchun rejalashtirilayotgan chora-tadbirlar bilan tanishtirdi.

Institut 2-o‘quv binosida o‘tkazilgan “Shukronalik” tadbiri ham “OITSga qarshi birgalikda kurashamiz!” shiori ostida o‘tdi.

ADTI axborot xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!