alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

27 – iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni

11:43 27.06.2020

Andijon davlat tibbiyot instituti rahbariyati  mazkur  soha vakillariga     alohida e’tibor bilan  qarab, institut faoliyatini ommaviy axborot vositalarida muntazam yoritib kelayotgan jurnalistlarni yig‘ib, qizg‘in taqdirladi.

Jurnalistika asli, xayrli kun deganidir. Kundalik hayotimizdagi voqea-hodisalarni tezkor, xolis va shaffof tarzda ixcham va tushunarli tilda ifoda etish kishidan katta ijodiy mahorat talab etadi.Iste’dodli kalamkash esa, voqealarning xayrli jihatlarini tezda ilg‘ay oladi va ommaga chiroyli usulda etkaza oladi.


Institut rektori, professor M.Madazimov bir guruh jurnalist va faollar  jumladan “Andijonnoma”  gazetasi bo‘lim boshlig‘i, O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi  viloyat Kengashi  matbuot kotibi Akbarjon Nazarov, “Tibbiyot gulshani” gazetasi muharriri Ra’noxon Hayitboyeva, ADTI rektorati matbuot kotibi Odiljon Karimov, pediatriya fakulteti dekanining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Kozimjon Baydullayevni kasb bayramlari bilan qizg‘in tabrikladi.

Har bir jurnalistga alohida ta’rif berib, ularnig zahmatli va mashaqqatli mehnatlarini tilga olar ekan, bugungi axborot va globallashuv jarayonida  jamiyatda jurnalistlarning o‘rni va nufuzi  tobora yuksalib borayotganligini ta’kidladi.


Ularga  samimiy tilaklar bildirib, kelgusi ijodlariga omadlar tiladi. Shundan so‘ng, ijodkorlarga guldastalar va  esdalik sovg‘alari tantanali  ravishda topshirildi. Jarayonda institut yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor P.Asxanov ham ishtirok etdi.

Samimiy qutlovdan so‘ng, jurnalistlar ham  bu e’zozdan mamnun bo‘lishib, o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, institut rahbariyatiga minnatdorchiliklarini izhor etdilar.
 

Kasb bayramingiz muborak aziz  ijodkorlar, soha jonkuyarlari!

 

ADTI axborot xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!