alexa
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

30-AVGUSTGA QADAR MUROJAATLARGA JAVOB BERILADI

13:34 29.07.2022

Maʼlumki, 2022/2023-oʻquv yili uchun oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga abituriyentlarni roʻyxatga olish jarayonlari joriy yilning 27-iyulidan yakunlandi. Biroq Andijon davlat tibbiyot institutida abituriyentlar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish maqsadida Call-center markazi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish jarayonlarini  tashkil etish toʻgʻrisida”gi Qaroriga muvofiq 2022-yilning 30-avgustiga qadar faoliyat olib boradi.

Hurmatli abituriyentlar va ularning ota-onalari, oʻqish boʻyicha murojaatlaringizni 30-avgustga qadar yoʻllashingiz mumkin, markaz xodimlari barcha savollaringizga batafsil javob beradilar.

Call-center markazi raqamlarini yana bir bor eslatib oʻtamiz!

Oʻzbek tilidagi murojaatlar uchun:

+998742239451

Rus tilidagi murojaatlar uchun:

+998742239462

Ingliz tilidagi murojaatlar uchun:

+998991003638

Magistratura boʻyicha murojaatlar uchun:

+998742239453

Klinik ordinatura boʻyicha murojaatlar uchun:

+998742239468

Murojaatlar dushanbadan shanbagacha soat 9.00 dan 17.00 ga qadar qabul qilinadi (tushlik soat 13.00 dan 14.00 gacha, dam olish kuni yakshanba)

Qoʻshimcha maʼlumotlarni Andijon davlat tibbiyot institutining rasmiy veb-sayti https://adti.uz , telegramdagi adti.uz rasmiy kanalidan hamda adtiqabul sahifasi orqali olishingiz mumkin.