alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

5 TA MA’RUZA ZALLARI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

10:55 14.09.2021

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 17-18-iyun kunlari viloyatimizga tashrifi chog‘ida Andijon davlat tibbiyot instittuti klinikasi ichida 1000 o‘rinli o‘quv binosini qurishga topshiriq bergan edi. Bugun 5 ta ma’ruza zallari foydalanishga topshirildi. Har biri 80 va 120 o‘ringa mo‘ljallangan mazkur zallar jahon standartlariga to‘liq javob bera oladi. Endi talabalar yorug‘ va shinam xonalarda sifatli va samarali ta’lim oladilar.

Ochilish marosimi tantali tus oldi. O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor B.Abdullajonov hamda 1-UASh tayyorlov kafedrasi mudiri, t.f.d. professor Z.Salohiddinov talaba va professor-o‘qituvchilarni zamonaviy binoning ochilishi bilan qutlab, Prezidentimizning oliy ta’lim sohasiga qaratayotgan e’tibori, amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar to‘g‘risida ta’kidlab o‘tdilar.

Tadbir davomida samarali va betinim mehnat olib borayotgan bir qator xodimlar institut rahbariyati tomonidan rag‘batlantirildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!