alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

5 ta muhim tashabbus amalda

19:48 14.02.2020

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning beshinchi tashabbusi xotin-qizlarni ish bilan taminlash bo‘yicha institut kasb ta’limi yo‘nalishi ma’suli D.Sh.Xasanov tomonidan yo‘nalish bitiruvchi talaba qizlari o‘rtasida tadbir tashkil qilindi.

Tadbir institut bitiruvchi qizlarini kelajakda ish bilan taminlash masalasida institut rahbariyati tomonidan olib borilayotgan ishlar, ishga joylashish tartiblari mavzulari bo‘yicha davra suhbati tarzida tashkil etildi. Talaba qizlarning qiziqtirgan savollariga D.Sh.Xasanov tomonidan javob berildi.

Tadbir ikkinchi yarmida talaba qizlarni  institut xotin-qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkilotini  davolash fakulteti bo‘yicha rais o‘rinbosari D.A.O’rmanboyeva  onkologiya va tibbiy radiologiya kafedrasida tashkil qilingan qisqa muddatli to‘quvchilik to‘garagi faoliyati bilan tanishtirdi. Talaba qizlarda darsdan bo‘sh vaqtlarida qisqa muddatlarda to‘quvchilik hunarini o‘rganish imkoniyati katta qiziqish uyg‘otdi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!