alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

6-kurs talabalari qishki yarim yillik attestasiyasidan o’tkazilmoqda

11:02 23.01.2019

Andijon davlat tibbiyot institutida institut rektorining 2019-yil 15-yanvar kunidagi    24–T-sonli buyrug‘iga asosan davolash ishi va kasb ta’limi yo‘nalishi 6-kurs talabalari uchun qishki yarim yillik attestatsiyasi o‘tkazilmoqda. Attestatsiya jarayoni nazariy va amaliy qismlardan iborat.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 5-may kunidagi “O‘zbekiston Respublikasida tibbiy ta’lim tizimini yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2956-sonli qarori ijrosi yuzasidan talabalarni amaliy ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazish maqsadida, attestatsiyani amaliy qismi institut simulyasiya markazida tashkil etildi.

Attestatsiyaning amaliy qismi simulyasion markazida tashkil etilganligi va amaliyotga asosiy e’tibor qaratilayotganligi talabalarda katta qiziqish uyg‘otmoqda.

Attestatsiyaga kafedralardan tajribali professor-o‘qituvchilar jalb qilingan bo‘lib, talabalar bilimini odilona baholashga katta e’tibor berilmoqda.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!