alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

60 yoshingiz muborak bo‘lsin!

09:25 08.05.2020

 Tabriklaymiz, qutlaymiz!

Har bir korxona, tashkilot, muassasa fidoiy xodimlarining mashaqqatli, fidokorona mehnatlari evaziga taraqqiy etadi, rivojlanib boradi.  Andijon davlat tibbiyot institutida o‘z jamoasiga, o‘z kasbiga mehr qo‘ygan, fidoiy insonlar juda ko‘p va shulardan biri Anatomiya, klinik anatomiya kafedrasi mudiri, dotsent Zafar Abduraxmonovich Kaharovdir.
Zafar Abduraxmonovich 1960 yil 9 may kuni tavallud topgan. Shuning uchun “Xotira va qadrlash kuni”ni qo‘shaloq bayram sifatida nishonlaydi. Bu yilgi tavallud kuni alohida e’tirofga loyiq, talabalarning talabchan ustozi 60 yoshini qarshilamoqda.

Zafar Abduraxmonovichning “Mehnat daftarchasi”dagi “1978-1984 yy. – Andijon davlat tibbiyot instituti talabasi” satridan keyingi barcha yozuvlar “Andijon davlat tibbiyot instituti” jumlasi bilan boshlanadi.
Z.A.Kaharov 1984 yili Andijon davlat tibbiyot institutini tamomlab OJTA kafedrasiga stajyor-taqiqotchi lavozimiga ishga qabul qilindi, 1988 yili nomzodlik dissertatsiyasini “Микротопография одиночных лимфоидных узелков мочевидодящих путей человека в постнатальном oнтогенезе » mavzusida yoqladi.

O‘tgan davr mobaynida 100 dan ortiq ilmiy maqola, 2 ta monografiya, 4 ta o‘quv qo‘llanma, 10 dan ortiq o‘quv uslubiy  qo‘llanmalar tayorlagan va chop ettirgan.
Z.A.Kaharov 2017 yildan buyon kafedraga rahbarlik qilib kelmoqda. Kafedrada tashkil etilgan innovatsion ilmiy guruhda olimning rahbarligida 2 ta doktorlik 7 ta nomzodlik dissertatsiyalar ustida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Morfologiya fanining ilmiy nazariy qarashlariga yangicha yondashgan magistr shogirdlari o‘z izlanishlarini izchil olib borishmoqda.

Z.A.Kaharov rahbarligida institutimiz talabalaridan tashkil topgan “Yosh morfologlar” ilmiy to‘garagi a’zolari 5 ta xalkaro olimpiadalarda g‘olib va sovrindorlari bo‘lishdi.
Qirg‘iziston Respublikasi Osh shahrida   I, II, III o‘rinlarni egallab mutloq g‘oliblikni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Bishkek shahridagi Xalqaro  tibbiyot maktabidagi anatomiya fan olimpiyadasida I darajali diplom bilan taqdirlandi. Novosibirsk tibbiyot unversitetida bo‘lib o‘tgan ilmiy anjumanda olimning shogirdlari II darajali diplom va III halqaro morfologik olimpiyadada III o‘rinni egalladilar. Dog‘iston o‘lkasining Maxachkala shahrida “Спаси и сохрани” deb nomlangan   III butun Rossiya olimpiyadasida birinchi yordam ko‘rsatish bo‘yicha mutloq g‘oliblikni qo‘lga kiritib, birinchi darajali diplom va kubok bilan taqdirlandi. Alma-Ata shahri Qozog‘iston milliy tibbiyot unversitetida bo‘lib o‘tgan “CAOS ALMATY – 2019” olimpiyadasida  ishtirok etib faxrli III o‘rinni egalladilar.

Xozirgi kunda kafedrada tashkil qilingan talabalar uyushmasi ishtirokchilari Andijonda bo‘lib o‘tadigan “CAOS – Andigan” -2020 olimpiyadasiga qizg‘in tayyorgarlik olib bormoqdalar.Ushbu olimpiadada 4 ta davlatdan 15 ta jamoa ishtiroki kutilmoqda.
Z.A.Kaharov boshchiligidagi ilmiy-innovatsion guruh “INNO week – 2019” ko‘rik-tanlovida ishtirok etish uchun o‘zlarining “Noqulay sharoit omillarining bolalar salomatligiga ta’sirini davolash va proflaktikasi uchun IRID-maxalliy probiotik vositasi asosida sut maxsulotlarini ishlab chiqarish” loyihasini taqdim etdilar va III darajali diplom bilan taqdirlandilar.

Z.A.Kaharov ilmiy izlanishdan charchamaydi. Hozirda “Функциональная морфология слезистой оболочки тонкой кишки при различной эндоэкологии в ней” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoyasi bo‘yicha ish olib bormoqda. Ilmiy faoliyati davomida Moskva, Novosibrsk, Maxachkala, Alma-Ata, Bishkek, Osh shaharlarida bo‘lib o‘tgan ilmiy anjumanlarda ma’ruzalar bilan qatnashgan.

Olimning rahbarligi bilan Anatomiya, klinik anatomiya  kafedrasida tashkil etilgan “RE – HEALTH” xalqaro ilmiy-amaliy jurnali O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi huzuridagi axborot va ommoviy kominukatsiyalar agentligi tomonidan ro‘yxatga olinib, №1297 sonli guvoxnoma berildi va ISSN2181-0443 raqami olindi. Mazkur jurnal Rossiyaning ilmiy elektron kutubxonasi (NEB, eLibrary.ru(RINS))dan ro‘yxatdan o‘tgan (shartnoma №292-08/2019).
Jurnalning har chorakda chop etilishi rejalashtirilgan bo‘lib, shu kungacha 5 ta soni chop etildi.

Z.A.Kaharovning ko‘p yillik pedogogik faoliyati yuksak baholanib, 2019 yil “Ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan Andijon viloyati hokimligi tomonidan “Faxriy yorliq” bilan taqdirlandi. Malakali pedogog va jonkuyar inson sifatida jamoada katta hurmat qozongan.

Z.A Kaharov izlanuvchan olim, tajribali ustoz bo‘lishi bilan birga ibratli oila boshlig‘i. 4 nafar farzandlarining barchasi oliy ma’lumotli mutaxassislar, komil insonlar bo‘lib kamolga etishdi. 12 nafar nabiralarning mehribon bobosi.
Hurmatli Zafar Abduraxmonovich, institut jamoasi nomida qutlug‘ 60 yoshingiz bilan chin ko‘ngildan tabriklaymiz! Hamisha sog‘-salomat bo‘ling, farzandlaringiz, talabalaringiz kamolini ko‘ring!
 

ADTI Anatomiya, klinik anatomiya

kafedrasi jamoasi

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!