alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

7 – APREL – BUTUNJAHON SALOMATLIK KUNI

15:05 07.04.2019

“OMMAVIY YURISH” AKSIYASI KO‘TARINKI RUHDA O‘TKAZILDI
2019 – yil 7 – aprel kuni “Butunjahon salomatlik kuni” munosabati bilan Andijonda “Ommaviy yurish” aksiyasi tashkil etildi.


Aksiyada viloyat tashkilotlari vakillari, shu jumladan, oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilari, talabalari, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi vakillari, maxsus sport maktablari, kollej talabalari va yoshlar faol qatnashdilar.

Shu kuni Andijon shahri ko‘chalari bayramona bezatilib, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etuvchi shiorlar bilan bezatildi. Aksiya Andijon shahri markazidagi Zahiriddin Muhammad Bobur nomli maydonda harbiy xizmatga chaqirilgan yoshlarning tantanali qasamyod qabul qilish marosimidan boshlandi.


Shu manzildan minglab yurtdoshlarimiz sport kiyimlarida shiorlar ko‘tarib “Ommaviy yurish” tadbiriga qo‘shildilar.




Yo‘l bo‘ylarida 4 ta joyda konsert tadbirlari tashkil etildi. Tadbirlarda yosh san’atkorlar, sportchilar va murabbiylar maxsus chiqishlari namoyish etdilar.

“Ommaviy yurish” tadbiri Andijon shahrining Registon madonida tashkil etilgan salomatlik aksiyasiga ulanib ketdi. Bu yerda Andijon viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi tasarrufidagi tibbiyot muassasalari shifokorlari va ADTI professor-o‘qituvchilari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar va xizmatlarni tashkil etdilar. Registon maydonida sog‘lom turmush tarzi va sog‘lom ovqatlanishni targ‘ib etuvchi ko‘rgazmalar namoyish etilib, fitobarlar tashkil etildi, bukletlar tarqatildi. ADTIning 30 nafardan ziyod faxriy professor-o‘qituvchilari tibbiy ko‘riklarda qatnashib, bemorlarga xizmat ko‘rsatib, maslahatlar berdilar. 20 dan ziyod yangi innovatsion loyihalar namoyish etildi. Institut axborot – resurs markazi xodimlari tomonidan yangi adabiyotlar ko‘rgazmasi ham tashkil qilindi.





Shu kuni viloyatimizning 14 ta shahar va tumanlarida tashkil etilgan salomatlik tadbirlarida ADTIning 28 nafar professor-o‘qituvchilari ishtirok etib, aholini chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdilar. Tibbiy ko‘riklar davomida 320 dan ziyod bemorga xizmat ko‘rsatildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!