alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

A.Shadmanov: «Biz kasallikni berkitayotganimiz yo‘q, uni berkitishning iloji ham yo‘q»

23:15 13.03.2020

«Agar kasallik qayd etiladigan bo‘lsa, dori vositalarining zaxirasi, shuningdek profilaktika bo‘yicha imkoniyatlarimiz yetarli. Targ‘ibot ishlarini kuchaytirishimiz, zarur haqqoniy ma’lumotlarni vaqtida yetkazib turishimiz zarur.

Eng muhimi, har bir fuqaro noto‘g‘ri, vahimali ma’lumotlarga ishonmasligi, o‘z ehtiyot choralarini ko‘rishi zarur. Bu kasallikni biz berkitayotganimiz yo‘q, uni berkitishning iloji ham yo‘q. Zarurat bo‘lmasa, xorijga chiqmaylik, cheklaylik. Siz sog‘lom bo‘lganingiz bilan yoningizdagilar o‘z kasalliklaridan bexabar holda yuqtirib qo‘yishi mumkin.

Barcha cheklov choralarini oshkor e’lon qilyapmiz va buni to‘g‘ri tushunishni so‘rar edik. Fuqarolarimiz barcha ehtiyot choralarini ko‘rsalar, ishonamanki biz bu jangda g‘olib chiqamiz».

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!