alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

321 NAFARDAN ZIYOD XODIMLARIMIZ SHOHIMARDONDA DAM OLIB QAYTDILAR

14:07 31.08.2022

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-fevraldagi PQ-3514-sonli “Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, 2017-yil 16-avgustdagi PQ-3217-sonli “2018-2019-yillarda turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori, 2018-yil 3-fevraldagi PF-5326-sonli “O‘zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida samarpali ishlar yo‘lga qo‘yilgan. Jumladan, institut tasarrufidagi Farg‘ona viloyatining xushmanzara  bo‘lgan  Yordonobod  qishlog‘ida joylashgan Shohimardon dam olish maskanida 2022-yilning yoz mavsumida jami 321 nafardan ortiq professor-o‘qituvchilar, xodimlar, talaba-yoshlar, institut klinikasining xodimlari hamda ularning oila a’zolari maroqli dam oldilar.

Dam oluvchilar xordiq chiqarish bilan bir qatorda viloyatning ko‘zga ko‘ringan maskanlarini ziyorat qildilar. Shuningdek, kun davomida turli sport mashg‘ulotlari, ko‘ngilochar tadbirlar dam olish kunlariga yanada fayz kiritdi.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!