Qabul to’g’risida nizom

2019-2020 o‘quv yili qabuli bo‘yicha qarorlar ijrosi 

Andijon davlat tibbiyot institutida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2017- yil 20- iyundagi 393-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2019- yil 27- aprelda 360-sonli qarori yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2019- yil 1- maydagi 391-sonli buyrug‘i ijro uchun qabul qilindi.

Mazkur buyruq bo‘yicha Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimovning  joriy yil 3 may kungi 319-T- sonli  buyrug‘i ishlab chiqilib, shu asosda ish tashkil etilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 360-sonli qarori maqsadi, mazmun-mohiyatini professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talabalarga tushuntirish bo‘yicha, institutda huquqiy targ‘ibot guruhlari shakllantirilib,  tasdiqlandi.

Bugungi kunda institutda targ‘ibot guruhi tomonidan yuqoridagi  qarorning bandlari o‘rganib chiqilib, shu asosda ish tashkil etilmoqda.

 

Jumladan, ADTIga talabalarni qabul qilish, o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlatish kabi jarayonlar mazkur qarorga muvofiq amalga oshirilishi belgilandi. Qabul komissiyasi faoliyati ko‘rib chiqilib, mazkur qarorni inobatga olgan holda yuqori saviyada tashkil etish yo‘lga qo‘yildi. Qabul bo‘yicha mas’ul xodimlarga qabul jarayonida abiturientlar va ularning ota-onalarini  ushbu qaror bilan belgilanayotgan tartiblar bo‘yicha savollari yuzasidan aniq tushuncha va maslahatlar berish vazifalari yuklatildi. 

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori N 4319

Oliy talim muassasalariga o'qishga qabul qilish tartibini yanada takomilashtirish to'g'risida​

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining qarori N 393

Oliy talim muassasalariga o'qishga qabul qilish, talabalar o'qishini ko'chirish, qayta tiklash va o'qishdan chetlashtirish taribi to'g'risidagi nizomlarni tasdiqlash xaqida

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining qarori N 261

Oliy talim muassasalariga o'qishga qabul qilish tartibini yanada takomilashtirish to'g'risida​