
Andijon davlat tibbiyot institutiga 2025-2026-o‘quv yili uchun qabul jarayonlari davom etmoqda. Qabvul jarayonlari bo‘yicha sizda savol bormi?
Andijon davlat tibbiyot institutida abituriyentlar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish, savollariga tezkor javob berish maqsadida Call-center xizmati hamda qabul jarayonlari bilan tanishish, maʼlumot olish uchun Maslahat markazi faoliyat olib bormoqda.
Quyidagi telefon raqamlar orqali Siz qabul jarayoni bilan bogʻliq oʻzingizni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javob olishingiz mumkin:
(+998) 74 223 94 51
(+998) 74 223 94 53
(+998) 74 223 94 74
(+998) 74 223 94 58
Qoʻshimcha maʼlumotlar va yangiliklarni institutning rasmiy sahifalarida kuzatib borishingiz mumkin.