alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ABU ALI IBN SINO NOMIDAGI JAMOAT SALOMATLIGI TEXNIKUMIDA “TALABALIKKA BAG‘ISHLOV” TADBIRI BO‘LIB O‘TDI

16:11 30.01.2021


2021 yil 30 yanvar kuni Andijon Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida “talabalikka bag‘ishlov” tadbiri  bo‘lib o‘tdi. Tadbirni texnikum  direktori  M.Buvabekov kirish so‘zi bilan ochib berdi.

Texnikum  rahbari o‘z so‘zida ta’lim muassasasi tarixi, buguni va kelajagi haqida  batafsil ma’lumotlar berdi. So‘ngra  O‘zbekiston Respublikasi davlat Madhiyasi yangradi. Talim muassasasi  faoliyati aks ettirilgan videorolik namoyishi  tadbirga  fayz kiritdi. Tadbirning eng asosiy qismi   talabalar qasamyodini  qabul qilish  jarayoni ham juda hayajonli o‘tdi.
Qasamyod qabul qilingandan so‘ng, texnikumga yangi qabul qilingan o‘quvchilarning eng faollariga  ramziy  kalit,  reyting daftarcha va talabalik guvohnomasining ramziy timsollarini  ta’lim muassasasi rahbari hamda ADTI  rektori M.M.Madazimov tantanali ravishda topshirdilar.



O‘quvchilar tomonidan ijro etilgan raqs va eng dolzarb  mavzu bo‘lgan pandemiyaga bag‘ishlangan sahna ko‘rinishi o‘quvchilarni naqadar iqtidorli ekaniligidan dalolatdir. O‘quvchilar ishtirokida tabobat ilmining sultoni Abu Ali ibn Sino siymosi gavdalantirildi.




Tadbirning yakunlovchi qismida   ADTI rektori M.M.Madazimov  tadbir tassurotlari va o‘quvchilarga yaratilgan sharoitlar, kelajakda oliygoh balan olib boriladigan hamkorlik ishlari haqida gapirdi.
    

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!