alexa
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ABU ALI IBN SINO NOMIDAGI JAMOAT SALOMATLIGI TEXNIKUMLARIDAN DARAKLAR

10:01 22.01.2022

Margʻilon Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumining rahbari va bir qator oʻqituvchi-xodimlari tajriba almashish maqsadida  Andijon Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida boʻldilar. Mazkur uchrashuv davomida texnikumda oʻquvchilarning puxta bilim olishlari uchun yaratilgan imkoniyatlar, labaratoriya, oʻquv-mashgʻulot xonalari bilan yaqindan tanishdilar. Dars jarayonlarini olib borishda oʻqituvchilar nimalarga ahamiyat qaratayotganligi borasida fikrlar almashildi.

Boʻston Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida “Yilning eng ilgʻor oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovi oʻtkazildi. Unda Andijon davlat tibbiyot instituti akademik litsey va texnikumlarga uslubiy yordam koʻrsatish sektori bosh mutaxassisi X.Sapiohunova ishtirok etdi. Tanlov davomida oʻqituvchilarning dars jarayonlarini olib borishda yangi innovatsion gʻoyalardan foydalanishlari, xujjat yuritish tartib-qoidalari, oʻquvchilar bilan munosabatlari borasidagi tajribalari sinovdan oʻtkazildi. Yakuniy natijalarga koʻra, Hamshiralik ishi fani oʻqituvchisi Nargiza Mamatqodirovaga birinchi oʻrin nasib etdi.

Shuningdek, mazkur texnikumning oʻquvchi-qizlari qizlarning tadbirkorlik va hunarmandchilikka boʻlgan iqtidorlarini yuzaga chiqarish maqsadida tumanda oʻtkazilgan “Hunarmand qizlarjon” aksiyasida munosib ishtirok etib, tuman hokimining esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.