alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Adolat — hayotimizning bosh mezoni!

17:45 23.10.2019

Andijon davlat tibbiyot instituti  ilmiy kengashlar zalida Adolat SDP partiyasi viloyat Kengashining VIII hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.


 
Konferensiyada O‘zbekiston “Adolat” SDP Andijon viloyat Kengashi a’zolari, partiyaning mahalliy Kengashlaridan saylangan delegatlar, mahalliy Kengash deputatlari, “Ayollar qanoti” va “Yosh adolatchilar” qanoti faollari, partiyaning tuman va shahar Kengashi raislari, partiya faollari, OAV vakillari ishtirok etdilar.

O‘zbekiston “Adolat” SDP Andijon viloyat Kengashi raisi, Andijon davlat tibbiyot instituti rektori, professor M.Madazimov partiyaning o‘tgan davrdagi faoliyati bo‘yicha hisobot berar ekan, 2019-yil 22-dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan saylovoldi  dasturi ijrosini ta’minlash, partiya a’zolari sonini oshirish, partiya mafkurasini targ‘ib qilish, partiya deputatlari faoliyatini yanada takomillashtirish masalalariga alohida to‘htalib o‘tdi.

O‘zbekiston “Adolat” SDP Andijon viloyat Kengashi taftish komisiyasi hisoboti partiyaning Andijon viloyat Kengashi taftish komissiyasi raisi I.Abdulazizov tomonidan o‘qib eshittirildi.

Shundan so‘ng, halq deputatlari Andijon viloyat Kengashidagi partiya deputatlik guruhi raisi Z.Komilova, O‘zbekiston “Adolat” SDP Andijon viloyat Kengashi raisi  o‘rinbosari M.Musayeva, O‘.Arziqulovlar ma’ruzalari tinglanib, ular tomonidan taklif va muloxazalar bildirildi.

Hisobot-saylov konferensiyasi yakunida partiyaning faol a’zolariga esdalik sovg‘alari topshirildi.
 

O‘tkirbek Arziqulov,

O‘zbekiston “Adolat” SDP Andijon shahar kengashi raisi

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!