ADTI 2020-yil uchun Malaka oshirish grafigi

2020 йил малака ошириш графиги

Малака ошириш НИЗОМИ ВМ 797-карор (2)

Andijon davlat tibbiyot institutida professor-o‘qituvchilarning malaka oshirishi va qayta tayyorlashi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2019 yil 23 sentyabrdagi 797-sonli “Oliy ta’lim muassasalari raxbar va pedagog kadralarining malaka oshirish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi” qarori bo‘yicha Bosh ilmiy metodik markaz hamda tarmoq markazlari bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan reja asosida tizimli tashkil etilgan.

Institutning raxbar va pedagog kadrlarini malakasini oshirish va qayta tayyorlash quyidagi  ta’lim muassasalarida yo‘lga qo‘yilgan:

  1. Bosh ilmiy metodik markaz
  2. Toshkent tibbiyot akademiyasi qoshidagi tarmoq markazi
  3. O‘zbekiston jaxon tillari universiteti qoshidagi tarmoq markazi
  4. Toshkent davlat pedagogika instituti qoshidagi tarmoq markazi
  5. O‘zbekiston jismoniy tarbiya universiteti qoshidagi tarmoq markazi
  6. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti qoshidagi tarmoq markazi
  7. Farg‘ona davlat universiteti qoshidagi tarmoq markazi

Institutning raxbar va pedagog kadrlarini malakasini oshirish va qayta tayyorlash rejasi xar yili 100% ga bajarib kelinmoqda.

Xar bir professor-o‘qituvchi malaka oshirishga borishdan oldin o‘zining porfoliosini oxirgi 3 yil davomida yaratgan o‘quv, ilmiy va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bilan to‘ldirib boradilar. Bundan tashqari institutda tashkil etilgan axborot kommunikatsiya texnologiyalari (AKT), xorijiy tillar bo‘yicha tashkil etilayotgan o‘quv kurslarida ham o‘z malakalarini oshirib bormoqdalar.