ADTI akademik litseyida “Jannatim onam” mavzusuda bayram tadbiri bo`lib o`tdi

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

2019-yil 5-mart kuni ADTI  akademik litseyida 101- guruh o’quvchilari ishtirokida “8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni”  munosabati bilan ustozlar va onalarga bag’ishlab “Jannatim onam” mavzusida tadbir bo’lib o’tdi.

Tadbirga ustozlar va 101-guruh o’quvchilarining onalari  taklif qilindi. Tadbir bahoriy gullar bilan bezatilgan faollar zalida o’tkazildi.

Tadbirni akademik litsey direktori F.Axmedova go’zal qizlar va munis onalarimizga bag’ishlangan tabrigi bilan ochib berdi. Ma’naviy- marifiy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosari Otabek Karimov ham mehmonlarni  bahor bayrami- 8-mart Xalqaro xotin- qizlar kuni bilan qizg’in tabrikladi.

Tadbirda o’quvchilar o’zlarining onalarga bag’ishlangan she’rlari va kuy-qo’shiqlari bilan barchaga xushkayfiyat bag`ishladi. Qizlar ijrosidagi  raqslar barcha mehmonlarni xushnud etdi.

Ayniqsa, o’quvchilar ijro etgan monolog barcha yoshlarni vatanparvarlikka, ota-onalarni hurmat qilishga chorladi. “Kelinlar qo’zg’oloni” asari asosidadagi sahna ko’rinishini o’quvchi qizlar mohirona ijro etdilar.

Tadbir yakunida Akademik litsey ona tili va adabiyoti fani o’qituvchisi G.Sohibova tadbirni uyishtirgan 101-guruh rahbari va o’quvchilariga o’z minnatdorchiligini bildirib, hammani bayram bilan tabrikladi.

 

658