alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ADTI ga biriktirilgan texnikumlarda maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.

18:56 16.09.2021

Bugun 16-sentyabr kuni Andijon Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi Tadbirda institut Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektori M. Botirov, litsey va texnikumlarga metodik yordam berish boʻlimi bosh inspektori X. Sapioxunova, “Yoshlar ittifoqi” boshlangʻich tashkiloti volontyorlari ishtirok etdilar.

Tadbirni kollej direktori M. Buvabekov ochib berdi.Tadbirning birinchi qismida prorektor M. Botirov talabalarni yangi oʻquv yili, davlat mustaqilligining 30 yilligi bilan tabriklab, Respublikamizda borayotgan ulkan siyosiy jarayonlar, Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan keng koʻlamdagi islohotlar, yoshlarimiz uchun yaratilayotgan sharoitlar, shuningdek joriy yilning 24-oktyabrida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi oʻtkazilishi munosabati bilan xalqaro kongress markazida oʻtkazilgan Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasining X seʼzdida Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasining nomzodi Shavkat Mirziyoyev tomonidan taqdim etilgan Yangi Oʻzbekiston strategiyasida koʻrsatilgan va kelgusida amalga oshirilishi moʻljallangan vazifalar bilan talabalarni tanishtirdi.

Tadbirning ikkinchi qismi – maʼnaviy-madaniy dastur jamoa aʼzolarida katta taassurot qoldirdi. Prorektor M.Botirovning hayotiy misollari, ibratlari, oʻz qalamiga mansub Vatan, ona, yoshlik, muhabbat haqidagi sheʼrlari olqishlar bilan qarshi olindi. Institutning volontyor yoshlari tomonidan gitara joʻrligida ijro etilgan qoʻshiqlar yoshlarga haqiqiy talabalik nafasini ulashdi, boʻlajak hamshiralar institut talabalari bilan birgalashib qoʻshiq kuylab, raqsga tushdilar.
Tadbir soʻnggida X. Sapioxunova institut va texnikum oʻrtasidagi hamkorlik masalalari boʻyicha rejalashtirilgan ishlar haqida atroflicha toʻxtalib, maʼnaviy-maʼrifiy sohadagi hamkorlik ishlari uzluksiz davom etishini bildirdi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!