alexa
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ADTI GOSPITAL TERAPIYA KAFEDRASI XODIMLARI XORIJIY OLIMLAR ISHTIROKIDAGI XALQARO ONLAYN ANJUMANDA

15:47 29.05.2021

ADTI GOSPITAL TERAPIYA KAFEDRASI XODIMLARI XORIJIY OLIMLAR ISHTIROKIDAGI XALQARO ONLAYN ANJUMANDA

Andijon shahridagi Bog’ishamol mehmonxonasining anjumanlar zalida xorijiy olimlar ishtirokidagi «Insulinoterapiyada innovatsiya asri» mavzusidagi xalqaro ilmiy onlayn anjumanda ADTI Gospital terapiya kafedrasi professor-o’qituvchilari ham ishtirok etdilar. Insulin gormonining kashf etilganiga 100 yil bo’lishiga bag’ishlangan anjumanda endokrinologiya sohasi bo’yicha Rossiya. Ukraina, Ozarbayjon va O’zbekiston olimlari birlashdilar .

Anjuman davomida Rossiya Federatsiyasi ilmiy amaliy tibbiy endokrinologiya markazi, Diabet instituti direktori, Rossiya fanlar akademiyasi akademigi, professor, t.f.d. M. Shestakova, Ozarbayjon endokrinologlar assotsiatsiyasi Prezidenti,  t.f.d. V. Mirzazade, To’raqulov nomidagi Respublika ilmiy amaliy tibbiy endokrinologiya markazi direktori (v. b.), O’zbekiston Respublikasi bosh endokrinologi, t.f.d. professor F. Haydarova, t.f.d. professor G. Rahimova, t.f.n. N. Alimova ma’ruza qildi.  Shuningdek, Ukraina Fanlar akademiyasi a’zosi, t.f.d. professor B. Mankovskiy terapiya bo’yicha tajribalarini taqdim etdi.