alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ADTI KLINIKASIDA KISLOROD ZAVODI ISHGA TUSHIRILDI

15:50 10.09.2019

Inson salomatligini saqlash jamiyatimizning ustuvor yo’nalishlaridan  biri. Tibbiyot yutuqlarini  amaliyotga  keng tatbiq etish, bemorlarga  qulay sharoit  yaratib, hayot baxsh etish  insonparvarlik  tamoyillarining muhim shartidir.
2019- yil 10- sentyabr kuni Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasida ana shunday xayrli ishlarning biri amalga  oshirildi. O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi Germaniya hamkorligi (GIZ)  tashkiloti, Germaniyaning  rivojlanish  va  iqtisodiy hamkorlik  federal Vazirligi   bilan  birgalikda   “O’zbekistonda yuqori  texnologik  tibbiy jihozlar bilan ishlash” loyihasi asosida  Andijonda  tibbiy kislorod stansiyasi ishga tushirildi. Tibbiy kislorod  zavodining  ochilish marosimiga  ADTI klinikasi xodimlari, ADTI ma’muriyati, viloyat sog’liqni saqlash boshqarmasi  boshlig’ining birinchi o’rinbosari Sh. Mamajonov  va Ommaviy axborot vositalari xodimlari yig’ildilar.

Kislorod zavodini  ADTI rektori,  professor M.Madazimov  ochib berdi. Rektor o’z so’zida mamlakatimizda tibbiyotni zamon talablari darajasida isloh qilish, yuqori texnologiyali tibbiy  jihozlarni amaliyotga  qo’llash, vodiy aholisiga sifatli tibbiy yordam ko’rsatishga alohida  ahamiyat berilayotganligini aytdi. Bunday xayrli ishda Germaniya hamkorligi tashkilotining iqtisodiy va tashkiliy ko’magi  katta  bo’layotganligi, ushbu yo’nalishda 30 dan ortiq mutaxassis malaka oshirib qaytganligi, endilikda  ular bemorlarga malakali tibbiy yordam ko’rsatishga  tayyor ekanligini  mamnuniyat bilan gapirib o’tdi. 95 foizli sof tibbiy kislorod ishlab chiqarilishi  tibbiyotimiz uchun juda katta yordam va  muhim қulaylik bo’lganligini e’tirof etar ekan, buning uchun hamkor tashkilotlarga Andijon ahli va klinika  xodimlari nomidan chuqur minnatdorchilik bildirdi. Shundan so’ng, M.Madazimov tantanali ravishda  ramziy lentani qirqdi. Tantanali ochilish marosimidan  so’ng, mehmonlar  kislorod zavodiga tashrif buyurib, bu yerdagi  jarayon bilan tanishdilar.  Shuningdek, mehmonlar, OAV vakillari  va Germaniya hamkorligi tashkiloti xodimlari klinikaning jarrohlik bo’limlariga kirib, bu yerda tibbiy kisloroddan  qanday foydalanilayotganligini ko’zdan kechirdilar.

Klinikaning endoskopik o’quv markazida  viloyatdagi mutaxassis shifokorlar uchun  mahorat darslari tashkil etildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!