alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ADTI mutaxassislari xalqaro forumda

14:22 16.09.2019

Namangan shahrida “XXI asrda tibbiyot va farmatsevtikani rivojlantirishda investitsiya va innovatsiyaning roli”  mavzusida  xalqaro forum bo‘lib o‘tdi.  Unda xalqaro va yurtimizning  yetakchi olimlari ishtirok etdi. Tadbir kardiologiya, endokrinologiya, xirurgik kasalliklar, neyroxirurgik va  urologik kasalliklarni zamonaviy davolash usullari,  onalik va bolalik, farmatsevtika kabi  bir necha yo‘nalishlardan iborat holatda tashkil etildi.   Rossiya Federatsiyasi, Belorussiya, Qozog‘iston, Ukraina, Hindiston kabi chet davlatlardan tashrif buyurgan yetuk olimlar forum ishini yanada boyitdi.
Qandli diabet  va yurak–qon tomir kasalliklari yo‘nalishi tarkibida Andijon davlat tibbiyot institutidan gospital terapiya va endokrinologiya kafedrasi mudiri tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent Sh.Yusupova hamda VMOF professori N.Mamasoliyevlar o‘z taqdimotlari bilan ishtirok etdilar.

Sh.Yusupova “Glimepiridning kardio ehtiyotkorlik tamoyillari” mavzusida taqdimotini o‘tkazdi. Qiziqarli tarzda tayyorlangan ma’ruza qatnashchilarga yetkazildi.
Forum tibbiyot va farmatsevtikani yanada rivojlantirishga oid ayrim masalalarga yechim bo‘lishi, fan va texnika yutuqlarini yurtimizga olib kelinishiga ko‘mak berishiga ishonamiz.

Azizbek Usmonov

ADTI gospital terapiya va endokrinologiya kafedrasi

kabinet mudiri

 
 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!