alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ADTI o‘qituvchilari O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida o‘tkazilgan xalqaro konferensiyada qatnashdilar

16:23 15.05.2019

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019- yil 25- fevraldagi “2019 yilda mamlakatimizda o‘tkaziladigan xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy hamda ilmiy-texnik anjumanlar rejasini tasdiqlash to‘g‘risidagi” gi 133-f-sonli farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida Uzbekiston davlat jaxon tillar universiteti xuzuridagi chet tillarni o‘qitishning innovatsion metodikalarini rivojlantirish Respublika ilmiy-amaliy markazi tomonidan joriy yilning 14-may kuni “Chet tillarini o‘qitishda masofali o‘qitish bo‘yicha xorijiy tajribani tatbiq etish” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.


Ushbu konferensiyada “Lotin tilining tibbiyotdagi roli” mavzusiga alohida sho‘ba ajratildi va ADTI tillar, pedagogika va psixologiya kafedrasi “Lotin tili va tibbiy terminologiya” fani o‘qituvchilari: X.Ikramova, G.Minavarova va M.Abduraxmanovalar ushbu konferensiyada maqolalari bilan ishtirok etdilar va sertifikatga ega bo‘ldilar.

Konferensiyada “Lotin tili va tibbiy terminologiya” fanini Respublika oliygohlari o‘rtasidagi nufuzini oshirish, talabalar tomonidan fanning o‘zlashtirilishi yanada samarali bo‘lishi borasida fikr mulohazalar bo‘ldi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!