alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ADTI professor-o‘qituvchilari  ishtirokida “Korrupsiyaga hayotimizda o‘rin yo‘q” mavzusida  tadbir o‘tkazildi

15:14 07.02.2019

         Bugun, 7- fevral kuni Andijon davlat tibbiyot instituti ilmiy kengashlar zalida  “Korrupsiyaga  hayotimizda o‘rin yo‘q” mavzusida  yig‘ilish  o‘tkazildi.  Yig‘ilishda  Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash, davolash, pediatriya va stomatologiya fakultetlarining dekanlari, dekan o‘rinbosarlari va kafedra professor-o‘qituvchilari ishtirok etdilar.
Tadbirni ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor G‘.Hodjimatov ochib, shu  kunlarda mamlakatimizda korrupsiyaga  qarshi keskin  va jiddiy kurash olib borilayotganligini ta’kidladi.  Barcha sohalarda, jumladan oliy ta’lim va tibbiyot sohasida olib borilayotgan izchil islohotlarga to‘xtaldi.

Shundan so‘ng, institut xodimlar kasaba uyushma qo‘mitasi raisi, oliy toifali yurist Sh.Dehqonov so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 3- yanvardagi “Korrupsiyaga  qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksidagi korrupsiyaga oid moddalarning mazmun-mohiyati to‘g‘risida gapirdi.

Korrupsiya haqida tushuncha berib, poraxo‘rlik,ta’magirlik,tovlamachilik, firibgarlik  kabi jinoyatlar sodir etilganda qo‘llaniladigan jazo turlari, choralari haqida ma’lumot berdi. Shuningdek, institut professor-o‘qituvchilarini o‘z xizmat vazifalarini sidqidildan bajarishlarini, faoliyatlari davomida korrupsiyaga yo‘l qo‘ymasliklari  lozimlini   ta’kidladi.

         Yig‘ilishda  VMO va QT fakulteti dekani H.Tursunov so‘z olib, barcha professor-o‘qituvchilarni   aytilgan fikrlardan to‘g‘ri xulosa chiqarib, kelgusida halol va vijdonan mehnat qilishlikka, korrupsiyaga qarshi birgalikda kurash olib borishga chaqirdi.


 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!