alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ADTI professor-o‘qituvchilarining Xo‘jabod tumanidagi maktablariga tashrifi

16:00 12.10.2019

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyev tomonidan 2019-yil 23 avgust kuni “Yoshlarni vatanpavarvarlik ruhida tarbiyalash va jamiyatda o‘qituvchilarni mavqeini oshirish chora tadbirlari” mavzusida o‘tkazilgan videoselektorda qo‘yilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida ADTI va Xo‘jabod tuman xalq ta’limi o‘rtasida hamkorlik memorandumi tuzildi.

Mazkur memorandum ijrosi bo‘yicha ADTI professor-o‘qituvchilari Xo‘jabod tuman xalq ta’limiga qarashli umumiy va maxsus maktablarda o‘quv-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy mavzularda davra suhbatlari o‘tkazdilar.

Tashrif davomida institut professor-o‘qituvchilari tomonidan maktablar o‘quv-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy faoilyati o‘rganib chiqildi, ma’sullarga kerakli tavsiyalar berildi. Iqtidorli o‘quvchilar bilan alohida suhbatlar tashkil etilib, ularni kelajakda oliy ta’lim muassalariga jalb qilish masalalari ko‘rib chiqildi. Tashriflar so‘ngida maktablar rahbariyati bilan hamkorlikni uzluksiz davom ettirish bo‘yicha kelishib olindi.

 
 
 

                                                           D.Xasanov,

Kasb ta’limi yo‘nalishi ma’suli

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!