ADTI professori Mirza Tolipovni xotirlash tadbiri o‘tkazildi

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

Andijon davlat tibbiyot institutida “Xotirlash” va “Qadrlash” tadbirlarini  o‘tkazish an’anaga  aylanib bormoqda.

2019- yil 15- fevral kuni  tibbiyot fanlari doktori, professor Mirza  Tolipovich  Tolipovning   xotirasiga bag‘ishlangan  tadbir o‘tkazildi. “Xotirlash”  tadbiri munosabati bilan institut ilmiy kengashlar zaliga barcha kafedralarning professor-o‘qituvchilari, Onkologiya va tibbiy radiologiya kafedrasi xodimlari, magistrlar,  M.Tolipovning  qarindoshlari, yaqinlari jamuljam bo‘ldilar.]

Tadbirni ADTI rektori, professor M.Madazimov ochib, ustoz M.Tolipovning hayot yo‘li, jumladan uning tibbiyot ilmiga qo‘shgan ulkan hissasi va ilmiy ishlari xususida gapirdi.

So‘ngra Onkologiya  va tibbiy radiologiya kafedrasi mudiri D.Mamarasulova so‘zga chiqib, qadrli ustoz haqidagi xotiralari bilan o‘rtoqlashdi.

Gematologiya kafedrasi professori Q.Soliev  so‘z olib, qadrdon hamkasbi, yaqin do‘sti Mirza Tolipovich bilan birga ishlagan davrlarini yodga oldi. U insonning go‘zal va yaxshi fazilatlar egasi ekanligini ta’kidladi. Shuningdek, ustozning namunali oilasi to‘g‘risida  samimiy fikrlarini aytdi.

Ustozning oila a’zolaridan biri-jiyani  M.Ahmadjonova ham  M.Tolipovning oila a’zolariga va shogirdlariga mehribon, bag‘rikeng, qattiqqo‘l, vijdonan va halol mehnat qilgan mohir shifokor bo‘lganligini aytib o‘tdi.

Onkologiya va tibbiy radiologiya kafedrasi assistenti R.Islamov ham so‘zga chiqib, ustozning tajribali rentgenolog  sifatida erishgan yutuqlari haqida gapirdi.

Tadbir davomida ustozni ulug‘lovchi qo‘shiq  sadosi  ostida videorolik hamda kafedra faoliyati bilan bog‘liq esdalik fotosuratlari  namoyish  qilindi.

“Xotirlash” tadbiri yakunida institut rektori M.Madazimov  professor Mirza Tolipovning  yaqinlariga xodimlar kasaba uyushmasi hamda institut jamoasi nomidan  guldasta va esdalik sovg‘alarini topshirdi. Shuningdek, bu kabi  ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar davom etishini ta’kidlab, tashkilotchilarga  minnatdorchilik  bildirdi.

139