ADTI rektori M.Madazimov Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti kengashida ishtirok etdi

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

2019- yil 8- may kuni ADTI Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti kengashi o’tkazildi. Fakultet kengashida institut rektori, professor M.Madazimov, fakultet dekani, tibbiyot fanlari doktori X.Tursunov,kafedralar professor-o’qituvchilari    ishtirok etdilar.

Fakultet  kengashida institut rektori M.Madazimov so’zga chiqib, barchani 9- May- Xotira va Qadrlash kuni  bayrami  bilan muborakbod etdi. Shundan so’ng , Andijon davlat tibbiyot institutida kutilayotgan attestatsiya-akkreditatsiya bo’yicha oldinda turgan vazifalarga alohida to’xtalib o’tdi va barcha xodimlar bunga mas’uliyat bilan yondashishlari kerakligini takidladi.

So’ngra fakultet dekani  X.Tursunov  so’z olib, umumxalq bayrami bilan ishtirokchilarni tabrikladi.Shuningdek, fakultet xodimlarini  davlat attesstatsiyasiga mas’uliyat bilan yondashishlari lozimligini aytib o’tdi.

147